"Barselona" himoyachisi Jerar Pike jamoani tark etmoqchi. Cadena Cope xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi klub rahbariyatini kelajakdagi rejalari haqida ma’lum qilgan.
Markaziy himoyachi matbuotning o‘ziga va shaxsiy hayotiga doimiy e’tiboridan charchagan va shu bois mamlakatni tark etish haqida o‘ylamoqda.
Pike joriy mavsum boshidan buyon bir marta ham maydonga tushmay, "ko‘k-anorranglilar" asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. Shunga qaramay, "Barsa" bosh murabbiyi Xavining so‘zlariga ko‘ra, tajribali himoyachi jamoa uchun muhim figura bo‘lib qolmoqda.
Pikening "Barselona" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 5 million yevroga baholamoqda.