Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Markinyos "PSJ"ning YECHLga tayyorgarligi haqida gapirdi

Markinyos "PSJ"ning YECHLga tayyorgarligi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"PSJ" himoyachisi Markinyos jamoaning Chempionlar ligasiga qanchalik tayyor ekanligi haqida gapirib o‘tdi, shuningdek, parijliklar o‘yinning qaysi jihatlariga e’tibor qaratishlari kerakligini ta’kidladi.

“Biz ajoyib tayyorgarlik va yaxshi o‘yinlar o‘tkazdik. Bilamizki, Chempionlar ligasi o‘yinlari o‘zgacha, ular o‘ziga xos konteksga ega. Tayyorgarlik tugallandi, endi uyda yaxshi o‘ynashimiz kerak. O‘tkazib yuborilgan gollarsiz o‘tkazilgan bir nechta uchrashuvlar bizga ishonch bag‘ishlaydi. Hujumkor jamoa bo‘lganimizga qaramay, o‘z darvozamiz oldidagi vaziyatlardan ham yaxshi chiqib keta olyapmiz. Himoyada samarali bo‘lish muhim. Hujumchilarimiz albatta kamida bir yoki ikkita gol urishini bilamiz", - deya Markinyosning so‘zlarini keltiradi GFFN.

Joriy mavsumda 28 yoshli braziliyalik parijliklar safida barcha musobaqalarda 7ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan.

"PSJ" Chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk uchrashuvida “Yuventus”ni qabul qiladi. Uchrashuv 6 sentyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 17:16, 04.09.2022.
O'qildi: 1259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.