Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Dembele o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. Bunga sabab uning uylangani(mi?)

Dembele o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. Bunga sabab uning uylangani(mi?)

Baho:
+ | -

"Iltimos, Usmonni tanqid qilmang", dedi Xavi 2022 yil fevral oyida "Napoli"ga qarshi o‘yindan so‘ng. "Muxlislar g‘azablanganini tushunaman, lekin transfer oynasi yopildi."

Hozir ishonish qiyin, ammo olti oy oldin «Barselona» Dembeledan qutulmoqchi edi. Usmonning doimiy jarohatlari va noprofessionalligi hammaga ta’sir qildi va uning maoshi ham ko‘p edi. Marsaning yozishicha, fevral oyi boshida klub Dembelega shartnomani muddatidan oldin bekor qilib, erkin agent bo‘lishni taklif qilgan, u rad etgan va shundan so‘ng, uning hech bo‘lmaganda bir marta "Barsa" futbolkasida maydonga tushish imkoniyati ham kam edi.

"Dembele bir necha bor eng chiroyli bo‘lmagan vaziyatlarga tushib qolgan", - deydi klub prezidenti Joan Laporta. Jarohatlari ko‘p bo‘lgani uchun unga moslashish qiyin edi. Unga katta mablag‘ yo‘naltirildi, shuning uchun biz u "Barselona"da ko‘p yillarini o‘tkazishiga umid qilgandik. Hammamizning hafsalamiz pir bo‘ldi”.

Dembelening xarakteriga oid savollar "Borussiya"dan transfer paytida ham, hech kim bilan xayrlashmay, klub vakillarining xabarlariga javob bermay Dortmundni shunchaki tark etganida paydo bo‘la boshladi. Shuningdek, u Dortmunddagi ijaraga olgan uyini ham yomon axvolda tashlab ketgan edi(buning uchun u uy egasiga 10 ming yevro to‘lagan).

Kataloniyada Usmon muntazam ravishda mashg‘ulotlarga kechikib, yuz minglab yevro jarimalarni to‘ladi va kechgacha do‘stlari bilan videoo‘yinlar o‘ynab, fast-fud iste’mol qilishni davom ettirdi. 

“Dembele futbol kuniga 24 soat ekanligini tushunishi kerak. Ular abadiy yashashlari kerak. Jamoada yashirin Whatsapp suhbat guruhi mavjud. U yerda biz stadionda, mashg‘ulotda yoki tadbirda bo‘lishingiz kerak bo‘lgan vaqtni muhokama qilamiz. Dembele esa bundan habardor bo‘lsa-da har doim kechikardi". Jerar Pike Usmonjon haqida shunday degan edi. 

Mashg‘ulotlardagi navbatdagi kechikishdan so‘ng, mish-mishlarga ko‘ra, Messi va Suares shunchalik g‘azablanganki, ular Valverdeni Dembeleni zaxirada qoldirishga ko‘ndirishgan. Hammasi befoyda – Usmon nima bo‘lganini tushunmaganga o‘xshardi.

"Barsa" shifokorlari Dembelega mushak massasini oshirishi uchun maxsus parhez ishlab chiqishgan. Ular Neymar uchun ham shunday qilishgandi. Ammo braziliyalikdan farqli o‘laroq, Usmon bunga umuman amal qilmadi - u fast-fud iste’mol qildi, kam uxladi va natijada oshqozon og‘rig‘i tufayli ko‘pincha mashg‘ulotlarni muddatidan oldin tugatdi. Dembele ustidan nazorat o‘rnatish uchun "Barsa" unga shaxsiy oshpaz yolladi. Usmon nima qildi? U darhol ishdan oshpazni ishdan bo‘shatdi.

“Usmon yaxshi yigit, lekin u hayotini boshqara olmaydi. U amakisi va unga biror narsa aytishdan qo‘rqadigan eng yaxshi do‘sti bilan yashaydi. Uning spirtli ichimlik ichganini ko‘rmaganman, lekin u rejalashtirilgan dam olish vaqtlariga umuman amal qilmaydi. Unda professionallarga kerak bo‘lgan rejim yo‘q, - deydi ishdan bo‘shatilgan oshpaz.

Eng yorqin misol 2018 yil noyabr oyida sodir bo‘ldi. Dembele mashg‘ulotlarga umuman kelmagan va klub vakilining qo‘ng‘irog‘iga u tugaganidan yarim soat o‘tib javob bergan va uyqusirab o‘zini yaxshi his qilmayotganini aytgan. Usmonning uyiga kelgan "Barsa" vakili atrofga sochilib ketgan bir-qancha pissa qutilarini topdi. Natijada Dembele Kataloniyada 5 yil davomida bir necha o‘nlab jarohatlar oldi.

Shu asosda Dembele 2022 yil qishiga klub bilan shartnomasi tugashiga bir necha oy qolganida yaqinlashayotgan edi. Uni aql bovar qilmaydigan pulga sotishning iloji yo‘q edi.

Dembele tezroq erkin agent sifatida jamoani tark etsa, hamma xursand bo‘lardi shekilli, uning 120 millionlik transferi haqidagi hikoya esa tezda o‘tmishga aylandi. Mish-mishlarga ko‘ra, Xaviga hatto fransuzni olti oy davomida qaydnomadan chetda qoldirish va uning shartnomasi 2022 yilning yozida tugashini kutish taklif qilingan. Ammo murabbiy o‘z pozisiyasi bilan chinakam donolik ko‘rsatdi - Dembelega ishonch bildirdi

Va bir necha hafta ichida mo‘’jiza yuz berdi - Dembele raqiblarini "yakson" qila boshladi. La Liganing qolgan 15 uchrashuvida u atigi 1 ta gol urdi, ammo 11 ta golli uzatmani amalga oshirib, Ispaniya chempionatidagi eng yaxshi assistentga aylandi. Lekin ko‘zimni hatto raqamlar emas, balki Usmonning ishonchli o‘yini - u maydonda muvozanatli qarorlar qabul qildi, kerakli daqiqalarda o‘ziga xos driblingini namoyish qildi va jarima maydonchasida yanada samarali o‘yin ko‘rsatdi.

Xavi fransuzni maqtashdan charchamadi va hatto dam olish kunida ham mashg‘ulotlarga kelgani uchun uni boshqa futbolchilarga o‘rnak qilib ko‘rsatdi! Achinarli voqeadan so‘ng, Usmon shartnomani yomonlashgan shartlarda uzaytirishga rozi bo‘ldi va "Men jamoadan va murabbiydan juda mamnunman va bu klub uchun borimni beraman", dedi.

“Noyabrdan beri men Dembeleni tanimayman. Usmon meni juda xursand qiladi”, - deya javob qaytardi Xavi.

Yangi mavsumda Dembele jamoa etakchilaridan biri rolini yo‘lga qo‘ydi - uchta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi, bir gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. U nihoyat o‘zining salohiyatini ro‘yobga chiqara boshlaganga o‘xshaydi. Ammo Usmonning hayotidagi professionallik kalitini kim yoki nima yoqdi? Buning bir qancha sabablari bor.

Birinchi sabab - bu ishonch. Messi ketganidan so‘ng "Barselona"da urg‘u o‘zgardi va hujum chizig‘idagi o‘yinchilar manevr qilish uchun ko‘proq joy oldi. Dembele navbatdagi jarohati tufayli mavsumning birinchi uchdan bir qismini o‘tkazib yubordi, ammo noyabrda kelgan Xavi tezda Usmonni nazoratga oldi. U unga bosim o‘tkazmadi - aksincha, u ko‘p gapirdi, nuanslarni va uning sxemasidagi rolini tushuntirdi. Shartnoma uzaytirilishi bilan bog‘liq tanqidiy daqiqalarda ham murabbiy fransiyalik futbolchi bilan otalarcha gaplashib, unga klub pozisiyasini keltirdi. Dembele "Barselona"dagi faoliyatida birinchi marta murabbiy unga chin dildan ishonishini va unga imkoniyat berishga tayyorligini ko‘rdi. Usmon esa motivasiyani maksimal darajada burish orqali qaytardi.

Ikkinchi sabab - aloqa. Iyul oyida Mundo Deportivo nashri Dembelening jamoadagi xatti-harakatlari o‘zgargani haqida maqola yozgan edi. U ko‘p hazil qila boshladi, sheriklar bilan muloqot qildi va o‘ziga ishonchni his qildi. Bundan ikki yil oldin u jamoada faqat hamyurti Grizmann bilan gaplashgan. 2022 yilning qishida kelib, ular bilan "Borussiya"da yo‘llarini kesib o‘tgan Per-Emerik Obameyang Usmonga katta yordam berdi – u yosh fransuzning katta o‘rtog‘i va do‘stiga aylandi va undan ham ko‘proq o‘zini jamoaning muhim qismi sifatida his qilishiga yordam berdi.

“U mening kichik ukam. Biz "Barsa"dagi birinchi kundanoq ko‘p vaqtimizni birga o‘tkazdik. Obameyang Dembele haqida shunday degan edi.

Uchinchi sabab - shikastlanishning oldini olish. Xavi "Barselona"ning butun tibbiyot xodimlarini yangiladi va o‘z odamlarini olib keldi. Dembele uchun ular maxsus mashg‘ulot va ovqatlanish dasturini ishlab chiqdilar, u hozir astoydil amal qilmoqda. Usmonning o‘yini dribling va silkinishga asoslangan, shuning uchun u o‘zining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatishi uchun yaxshi formada bo‘lishi muhim. Endi bu masala imkon qadar jiddiy qabul qilinmoqda.

"Men maydonda ko‘p mehnat qilishni va bor kuchimni berishni xohlayman, lekin to‘g‘risini aytsam, 2017 yildan beri men juda zaifman", - deb tan oldi Dembele. Endi jismonan o‘zgardim va o‘yinlarga ko‘proq tayyorman.

Xo‘sh, to‘rtinchi sabab. Garchi bu ispan matbuotining ko‘proq mish-mishlari va taxminlari. Dembele 2021 yilning dekabrida turmush qurdi. Marokashlik Rima Ebdush Usmonni hayotini qaytadan birinchi o‘ringa qo‘yishga majbur qildi.

Aftidan, yaqin kelajakda biz zamonamizning eng iqtidorli futbolchilaridan birining iqtidori qanday namoyon bo‘layotganiga nihoyat guvoh bo‘lamiz. Laportaning esa Dembele qobiliyat bobida Mbappedan qolishmaydi, degan so‘zlari esa endi mutlaqo safsatadek eshitilmaydi.

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:24, 05.09.2022.
O'qildi: 5828 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.