Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Jeyms: "Bizni yorqin kelajak kutmoqda"

Jeyms: "Bizni yorqin kelajak kutmoqda"

Baho:
+ | -

"Chelsi" himoyachisi Ris Jeyms klub bilan yangi shartnoma imzolagani haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Yangi shartnoma bilan yettinchi osmondaman va muxlislarga, yangi xo‘jayinga va klubda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Ishonchim komilki, bizda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyati bo‘ladi. Men bu klubni qo‘llab-quvvatlab o‘sganman, olti yoshimdan beri shu yerdaman. Men yangi shartnoma imzoladim, chunki bu men bo‘lishni istagan klub. Oldinda bizni yorqin kelajak kutmoqda", - dedi Jeyms.

"Chelsi" 22 yoshli ingliz futbolchisi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Jeyms "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi joriy mavsumda APLda 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 21:20, 05.09.2022.
O'qildi: 1528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик