"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe YECHL guruh bosqichi doirasida "Yuventus"ga qarshi o‘yinda (2:1) ikkita gol urdi. 23 yoshli fransiyalik futbolchi 9-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 22-daqiqada dubl qayd etdi.
Endilikda Mbappening asosiy yevrokubok turnirida 35 ta goli bor. UYEFA matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, u bu ko‘rsatkichga erishgan eng yosh futbolchi bo‘ldi – 23 yoshu 260 kun.
Avvalroq bu Lionel Messi edi, u 23 yoshu 307 kunligida Chempionlar ligasida 35 ta gol urgan edi.
14 sentyabr kuni ikkinchi turda “PSJ” safarda “Makkabi” bilan o‘ynaydi, “Yuventus” esa o‘z maydonida “Benfika”ni qabul qiladi.