Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Tuxelni iste’foga chiqarish — ahmoqona qaror bo‘ldimi?

Tuxelni iste’foga chiqarish — ahmoqona qaror bo‘ldimi?

Baho:
+ | -

Tuxelning  iste’fosi, menimcha, juda tushunarsiz qaror va agar qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘lmasa, ahmoqona degan bo‘lardim. Hatto “Tuxelaut” degan chaqiriqlar ham yangrab ulgurmagandi-ku?

Ha, jamoa APL va YECHL ni yaxshi boshlamadi. Lekin masalan, Angliyada hali hech narsa tugagani, hatto boshlangani yo‘q – peshqadamdan atigi 5 ochko farq va hali jamoa transferlardan keyin to‘liq tarkibda birorta o‘yin o‘tkazmadi. YECHL dagi mag‘lubiyat, agar guruhning u qadar qiyin emasligi, “Milan”ham “Zalsburg” bilan durang o‘ynaganini inobatga olsak, hatto 1-o‘rin bilan chiqish mumkin.

Transferlar esa, to‘liq Tuxelning rahbarligida amalga oshgan – buni “Chelsi”ning yangi xo‘jayini Bouli o‘z intervyusida aytib o‘tgandi. Foffana va Kulibali, Kukurelya ham, Tuxelning aynan uch himoyachili sxemasiga moslashtirib sotib olingan. So‘nggi yillarda porlayotgan Ris Jeyms ham aynan 3-4-3 da top darajaga chiqdi. Romelu Lukaku aynan Tuxel tizimiga moslasha olmagani uchun ijaraga berib yuborildi. Pyer Emerik Obameyang – Tuxelning “Borussiya”dagi eski shogirdi, uni sotib olishni aynan Tuxel istadi. Nemis murabbiyi uslubiga mos shaklda yig‘ilgan tarkib kim bo‘lishidan qat’i nazar yangi murabbiy uchun qiyin bo‘lmaydimi?

To‘g‘ri, Abramovich paytida ham mavsum davomida murabbiylar almashgan va ko‘pincha vaziyat o‘nglanib, jamoa sovrinlar yutgan. Lekin u paytlarda, transferlar bilan alohida bo‘lim shug‘ullanar va sotib olingan futbolchilar odatda, har qanday murabbiy va uslubga moslashishi mumkin bo‘lardi. Eng muhimi, bir transfer oynasida 300 millionga yaqin pul sarflab, o‘sha kampaniyani boshqargan murabbiyni yozdan bir hafta o‘tib bo‘shatib yuborish – bilmadim. Abramovich ham hayron qolayotgan bo‘lsa kerak.

Buni asoslashi mumkin bo‘lgan birgina taxmin shuki, balkim, Zagrebdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, murabbiy va rahbariyat o‘rtasida qattiq tortishuv, hatto janjal bo‘lgandir.

O‘rinbosarlarga kelsak, Pochettino va Zidan bo‘sh, Rodjers yaqinda bo‘shaydi, yana, asosiy nomzod sifatida Grem Potter tilga olinyapti. Lekin “Brayton”da ajoyib loyiha qilayotgan Potterning u yerni tark etishi achinarli bo‘lardi.

Darvoqe, Tomas Tuxel "Chelsi"ga yangi murabbiy kelishidan ertaroq ish topishi mumkin o‘ziga. Bugun boshqa bir iste’fo ham bo‘ldi - "Leypsig" Tedeskoni ishdan bo‘shatdi. Tuxel esa, bu tizimga u qadar begona odam emas.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 15:28, 07.09.2022.
O'qildi: 9694 marta.
Fikrlar: 51 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.