Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Suhrob Berdiyev: "Yutgan o‘yindan doim yaxshi xotiralar qoladi"

Suhrob Berdiyev: "Yutgan o‘yindan doim yaxshi xotiralar qoladi"

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasi safarda “Mash’al” ustidan g‘alaba qozonganini yaxshi bilasiz.

Uchrashuvda hisobni ochgan Suhrob Berdiyev “Burgutlar” tarkibidagi ilk golini kiritdi. O‘yindan so‘ng u taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Mash’al”ga qarshi o‘yin haqida qanday fikr bildira olasiz?

- Xudoga shukr, g‘alaba qozondik. Yutib olingan o‘yindan har doim yaxshi xotiralar qoladi. Bu uchrashuvda qiyin bo‘lishini bilib turgandik. “Mash’al” yaxshi jamoa. Biz shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Hammasi joyida.

- “Andijon” safidagi ilk golingizni urdingiz va uni dadangizga bag‘ishladingiz...

- Hammadan ham ko‘proq dadam o‘yinimni kutadi. G‘alaba qozonishimizni doim duo qilib o‘tiradi. Bundan avval Kubok uchrashuvida AGMK bilan o‘ynadik va ushbu uchrashuvni ko‘rish uchun Andijonga ham keldilar. Jamoamizni stadionda qo‘llab-quvvatlab turdi. O‘sha o‘yinda bizga biroz omad yetishmagandi. Bu safar gol urib, jamoamni g‘alabasiga hissa qo‘shishni va bu orqali dadamni ham xursand qilishni maqsad qilgandim. Xudoga shukr, g‘alaba qozondik.

- Oldinda 10 sentyabr kuni Buxoroda mezbonlarga qarshi o‘yin bor. Qisqa fursat ichida tiklanish qiyin bo‘lmaydimi va bu uchrashuv oldidan nima deya olasiz?

- Albatta, bizni oldinda yana qiyin o‘yin kutib turibdi. “Buxoro”ga qarshi ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Buning uchun jiddiy tayyorlanamiz. To‘g‘ri, vaqt kam. Lekin shunga yarasha tayyorgarlik qilamiz. Murabbiylarning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarsak, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 18:43, 08.09.2022.
O'qildi: 1327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.