Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Xolandning haykali o‘g‘irlab ketildi

Xolandning haykali o‘g‘irlab ketildi

Baho:
+ | -

Norvegiyaning Bryun shahrida «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland sharafiga o‘rnatilgan yog‘och haykal yo‘qoldi.

Mamlakat OAV tarqatgan ma’lumotga qaraganda, og‘irligi deyarli 600 kilogrammga teng 3 metrli haykal 24 avgust kuni tag-tugi bilan qo‘porib olingan. Qiziq, Xolandning ulkan siymosi kimga kerak bo‘lib qoldi...? Axir u bronza yoki qandaydir qimmatbaho material emas, oddiy yog‘ochdan ishlangan...

Eng qizig‘i, o‘g‘rilar allaqachon shahar ma’muriya­ti bilan aloqaga chiqishdi. Yo‘q, ular haykal evaziga tovon puli talab qilishmadi yoki qandaydir shart qo‘yishmadi. Jinoyatchilar shunchaki, haykal uncha jozibali chiqmagani uchun uni o‘g‘irlab ketishganini ma’lum qilishdi. Oddiy aytganda, ularning iddaolariga ko‘ra, bu Erling Xolandning bugungi obraziga muvofiq emas va shaharning gavjum jo­yida turishi to‘g‘ri kelmaydi. 

Mahalliy gazetalarda yozilishicha, odamlar 22 avgust kuni haykal oldida yuk mashinasini ko‘rishgan. Taxmin qilinishicha, o‘g‘rilar «Xoland»ni ayni shu mashinada olib ketishgan. Haykal joyiga qaytariladimi yoki yo‘q - hozircha bu haqda ma’lumot berilmadi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:00, 09.09.2022.
O'qildi: 2319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик