Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Borussiya D" sport direktori Xolandning ketishi haqida gapirdi

"Borussiya D" sport direktori Xolandning ketishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi sport direktori Sebastyan Kel hujumchi Erling Xolandning "Manchester Siti"ga o‘tishi haqida fikr bildirdi. Futbol funsionerining so‘zlariga ko‘ra, transfer vaqti juda zo‘r bo‘lgan.

“Biz Erlingning jamoamizdagi muvaffaqiyatli o‘yinini to‘liq tan olamiz va qadrlaymiz, ammo klubdagi faoliyatining so‘nggida u muammoga aylandi. Klubda ham, kiyinish xonasida ham.

Shuni hisobga olib, uni sotish vaqti to‘g‘ri tanlangan. Bu bizga ham, "Manchester Siti"ga ham juda mos tushdi. Endi bizda yangi mavsumdagi dastlabki 10 ta gol 10 xil futbolchi tomonidan kiritilgan. Bu qarorning to‘g‘riligidan dalolatdir", - dedi Kel.

Joriy mavsumda Xoland “Manchester Siti” safida 8 ta o‘yinda 12 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

14 sentyabr kuni “shaharliklar” Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Borussiya” bilan o‘z uyida bahs olib boradi.

Kiritildi: 16:59, 09.09.2022.
O'qildi: 1446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик