Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Samvel Babayan: “Bugun ikki ochko yo‘qotdik”

Samvel Babayan: “Bugun ikki ochko yo‘qotdik”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 18-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Samvel Vyacheslavovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Uchrashuv keskin kurashlarga boy va tomoshabop tarzda o‘tdi. Ammo afsuski, durang natija qayd etildi. Biz esa albatta, bundan ko‘prog‘ini xohlagandik, lekin bunga erisholmadik. Bunga esa bir necha omillar sabab bo‘ldi. Jumladan, mezbonlar birinchi bo‘limdanoq vaqt cho‘zishni boshlashdi va mana shu natijani saqlab qolishga urinishdi. Biz ikki ochko yo‘qotdik. Dastlabki bo‘limda menimcha 30 daqiqa futbol o‘ynadik, qolgan 15 daqiqada esa raqib futbolchilarining to‘pni tepib yuborishlari va ularga yordam ko‘rsatilishi guvohiga aylandik. To‘g‘ri, bu futboldagi ayyorliklar, ba’zan natija ham keltiradi.Ammo bunday futbol bilan rivojlanish bo‘lmaydi. Tanaffus vaqtida futbolchilarimiz hatto terlashmagandi ham, boisi, o‘yinda to‘xtalishlar ko‘p bo‘ldi.
Shogirdlarimga esa rahmat aytaman, ular oxirigacha kurashishdi. Yo‘qotilgan ikki ochko o‘rnini endi boshqa o‘yinda to‘ldirishga harakat qilamiz.

- Bugungi raqib “So‘g‘diyona” bilan O‘zbekiston kubogi yarim finalida yana to‘qnash kelishingiz bugungi o‘yin uchun tanlangan taktikaga ta’sir ko‘rsatdimi?

– O‘zbekiston kubogidagi o‘yinga hali ancha vaqt bor. Bugungi taktika esa faqatgina shu bahs uchun tuzilgandi. Oktyabrdagi uchrashuvga esa alohida tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Jasur Yaxshiboyevning 90 daqiqa o‘ynamayotganiga sabab, uning jismoniy holati tayyor emasligidami?

- Jasur yarim yil davomida deyarli o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi. Uning ustiga, shaxsiy hayotida ham muammo yuzaga keldi. Shunga qaramay, bugun u maydonda o‘tkazgan daqiqalarida maksimal darajada o‘yin ko‘rsatdi. Afsuski, u to‘liq o‘ynashga tayyor emas. Jasur so‘nggi turlarda o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatib, jamoamizga yordam berishiga ishonaman.

- Jamshid Boltaboyev bugun maydonga tushganida, “Navbahor” markazni to‘liq egallab, g‘alaba qozonish imkoniyati osharmidi?

- Mazkur uchrashuv oldidan Jamshidning tarkibdagi o‘rni va u yetakchilarimizdan biri ekanligi haqida aytib o‘tgandim. Biroq bugun uning o‘rnida jamoa sardori harakat qildi va menimcha, Ahmedov ham ancha yaxshi o‘ynadi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 06:02, 11.09.2022.
O'qildi: 1242 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.