Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

APL. Yozgi transferlardan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishing!

APL. Yozgi transferlardan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishing!

Baho:
+ | -

Ingliz klublari yoz davomida jami 1,9 milliard funtni transferlar uchun sarfladi. Ayni damda esa Buyuk Britaniya Qirolichasi olamdan o‘tgani sababli, APL bahslari vaqtincha qoldirilgan. Biz bugun ingliz klublari yozda xarid qilgan futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoani e’tiboringizga havola etamiz.

Darvozabon – Nik Poup

Sobiq "Byornli" posboni o‘z klubi Chempionshipga yo‘l olgach, "Nyukasl" tomonidan sotib olingan edi. Poup kutilganidek, "qarg‘alar" darvozasini mustahkamlay oldi. Xususan, uning seyvlar ko‘rsatkichi Jordan Pikforddan keyingi, ikkinchi o‘rindan joy olgan.

O‘ng qanot himoyasi – Eron Xiki

Xiki o‘z faoliyatini chap qanotda boshlagan edi. Ammo "Brentford"ga o‘tgach, Tomas Frank uni o‘ngda sinab ko‘ra boshladi va bu ish berdi. Shotlandiya terma jamoasi a’zosi APLga tezda moslashib keta oldi. Uning starti ajoyib kechdi.

Markaziy himoya – Jeyms Tarkovski

1,9 milliard sarflanganiga qaramay, biz tekin transferlarni ham olishga qaror qildik. Tarkovski esa shunday transferga ega futbolchilardan biridir. Frenk Lempardga himoyada kerak kuchni aynan sobiq "Byornli" futbolchisi taqdim eta oldi.

Markaziy himoya – Bella-Kochap

Angliyadagi debyutini zo‘r o‘tkazgan yana bir futbolchilardan biri Armel Bella-Kochapdir. 20 yoshli himoyachi tezda o‘yin ritmiga moslasha oldi. U "Sautgempton" tarkibida porlay boshladi.

Chap qanot himoyasi – Oleksandr Zinchenko

Zinchenko o‘z faoliyatining "Manchester Siti"dagi qismida asosan rotasiyalarga uchragan edi. Gvardiola unga doim ham o‘ynash imkoniyatini taqdim etmagan. Ammo "Arsenal"da u asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Ukrain Londonda eng ijodkor futbolchilardan biridir.

Yarim himoyachi – Joau Palinya

"Fulxem" APLga ancha tetik bo‘lib qaytdi. Bunda jamoaning muhim transferlari ham katta rol o‘ynadi. Jamoa "Sporting"dan Palinyani sotib oldi. Bu esa Marko Silvaga katta yordam berdi. Uning shogirdlari hozirda jadvalning birinchi yarmidan joy olgan.

Yarim himoyachi – Eriksen

Daniyalik mayestro "Brentford"dan erkin agent sifatida "MYU"ga yo‘l olgandi. Ten Xag uni Brunu Fernandesh bilan birga, tandemda o‘ynata boshladi. Bu esa yaxshi natija berdi. Eriksenning endigi vazifasi tayanch himoyasida harakat qilishdir. Hozircha u buni yaxshi eplamoqda.

Yarim himoyachi – Romeo Laviya

18 yoshda bo‘lishiga qaramay, Laviya "Sautgempton"ning yarim himoyasida doimiy ko‘rinish bermoqda. Unga "Chelsi" ham qiziqish bildirgan edi. Laviya hozirning o‘zida 50 million funtga baholana boshladi.

Ӯng qanot – Luis Sinisterra

Sinisterra o‘tgan mavsumda "Feyenoord"ning kashfiyotiga aylangan. U Niderlandiyada jami 23 gol urishga erishgandi. "Lids Yunayted" kutib o‘tirmay, uni xarid qildi. Jessi Marsh jamoasi Sinisterra uchun qiyinlik qilmadi, futbolchi oson moslashdi. 23 yoshli hujumchi hozirgacha 2 ta gol urishga erishdi.

Chap qanot – Gabriel Jezus

Zinchenko kabi, Jezus ham Gvardiola jamoasida rotasiyalar qurboniga aylangandi. "Manchester Siti" safida Jezus ikki qanot yoki markaziy hujumda harakat qilavergan. Ammo unga doim ham imkon taqdim etilavermas edi. Mikel Arteta esa unga har bir o‘yinda ishonch bildirmoqda. Bu o‘z mevasini bermay qolmadi. U "Arsenal" safida 6 ta o‘yinda 6 ta gol urishga erishdi. Gabriel Jezus mavsum xaridi nomiga loyiq topilishi mumkin.

Markaziy hujum – Xoland

Yana kim ham bo‘lardi? Muxlislarning ko‘pi Xolandning APLga moslashib ketishiga qiynaladi deb o‘ylagandi. Ammo bu farazlar o‘zini oqlamadi. U "Manchester Siti" safida 6 ta o‘yinda 10 ta gol urdi va ayrim rekordlarni yangiladi. Agar Xoland shunday davom etsa, u "shaharliklar"ga ilk bor YECHL sovrinini taqdim etishi mumkin.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 15:49, 12.09.2022.
O'qildi: 1922 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.