"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer hozirda "Barselona"da o‘ynayotgan Robert Levandovski bilan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, bu Robert uchun juda hissiy o‘yin bo‘ldi, chunki u Myunxendagi faoliyatining juda muvaffaqiyatli bosqichini o‘tkazdi.
Biz uni nafaqat o‘rtoq, balki raqib sifatida ham bilamiz. Hal qiluvchi epizodlarda omad u tomonida bo‘lmadi. U bugun gol ura olmaganidan omadimiz keldi. "Bavariya" himoyada munosib o‘yin ko‘rsatdi", - dedi myunxenliklarning 36 yoshli sardori.