Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

"Barselona"ga Levandovski ham yordam bera olmadi. "Bavariya" nimaning evaziga Xavi boshchiligidagi jamoani yengdi?

"Barselona"ga Levandovski ham yordam bera olmadi. "Bavariya" nimaning evaziga Xavi boshchiligidagi jamoani yengdi?

Baho:
+ | -

 Albatta, «Bavariya» – «Barselona» o‘yini nafaqat ikki top-jamoaning jangi, balki Robert Levandovski va uni jahon yulduzi hamda afsonaviy to‘purarga aylantirgan klub o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida ham taqdim etildi. Barselonada polyak turli sharoitlarda gol ura olishini ko‘rsatdi. Va u buni Chempionlar ligasi doirasidagi «Bavariya»ga qarshi o‘yinda isbotlashi kerak edi. Ammo unday bo‘lmadi. 

Foydasiz hukmronlik

Birinchi bo‘limda «Barselona» myunxenliklarni sezilarli darajada qiyin ahvolga soldi va ularga bosim o‘tkazdi. To‘pni nazorat qilish ustunligi unchalik sezilmadi, ammo imkoniyatlar keskin yaratildi. Ayniqsa, Levandovskining o‘zida bir-qancha imkoniyatlar bo‘ldi. Polyak birinchi bo‘limda beshta zarba yo‘lladi, «Barselona» esa «Bavariya»darvozasiga 11 zarba yo‘lladi. Ammo darvozaga ulardan atigi 2tasi aniq chiqdi. 

Vaziyatlardan foydalanish

Uchrashuvning ikkinchi yarmida «Bavariya» xulosa chiqardi, ammo «Barselona» tanaffusgacha bo‘lgan o‘yin uslubini saqlab qolid. Faqat u endi ish bermadi. Myunxen raqibini xato qilishga majburladi. O‘sha Levandovski ikkinchi bo‘limda atigi ikkita zarba berdi. Umuman olganda, «Barselona» unchalik ustunlik qila olmadi. Ammo biz bilamizki, asosiy narsa ustunlik emas, balki vaziyatdan foydalanish qobiliyatidir.

Bunda esa «Bavariya» ajoyib uslubda raqibdan ustun keldi. Ushbu atributlardan biri standart vaziyatlardir. Kimmix burchak to‘pini amalga oshirayotganda, Ernandes yaxshi ochilib chiqdi, u ham himoyachi, ham darvozabondan o‘zib ketgan edi. Shunday qilib, hisob ochildi. To‘rt daqiqadan so‘ng esa kataloniyaliklar uchun hammasi tugadi. Agar burchak to‘pi «Barselona»ning standard vaziyatlardagi kuchsizligini ko‘rsatgan bo‘lsa, 2-gol zaif pozisiya himoyasi va himoyachilarning tezligidagi kamchiliklarni ko‘rsatib berdi. Sanening tezligi va zarbsi ideal chiqqan edi. 

Raqamlar

Zarbalar (darvozaga zarbalar): 13 (4) – 18 (4)

«Barselona» raqiblari darvozasiga tez-tez zarba berdi, ammo aniq zarbalar teng taqsimlandi. «Bavariya» yakunda samaraliroq harakat qildi. Umuman olganda, o‘yin tenglikda ztdi . UYEFA ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar soni bo‘yicha u odatda filigran hisoblanadi. Ular «Bavariya»dan 41ta va «Barselona»dan 40ta hujumni sanashdi. Bunday yaqinlik kamdan-kam uchraydi. Levandovski esa yettita urinishda ham gol ura olmadi. 

To‘pga egalik qilish (to‘p uzatish aniqligi): 47% (84%) - 53% (87%)

Ikki jamoa ham Gvardiola bilan ishlagan va to‘p nazortiga ko‘p e’tibor qaratishadi. Bu borada o‘yinda kichik ustunlik "ko‘k-anorranglilar" tarafida bo‘ldi. Bu to‘p uzatishning aniqligi bilan bog‘liq, barchasi qisqa muddatda to‘pni ishonchli o‘ynashga harakat qilayotgan jamoalar uchun mantiqan to‘g‘ri keladi. Bu uchrashuvda «Barselona» 477 ta, «Bavariya» esa 401 ta aniq uzatmani amalga oshirdi. Shu bilan birga, har ikki jamoa ham Chempionlar ligasi standartlari bo‘yicha ham ko‘p yugurishdi. «Bavariya»da 119,5 kilometr, «Barselona»da esa 117,9 kilometr bor. Chempionlar ligasidagi o‘rtacha ko‘rsatkich taxminan 111 km.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:28, 14.09.2022.
O'qildi: 4545 marta.
Fikrlar: 127 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.