Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Saudiyani mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Saudiyani mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, 2023 yili mamlakatimizda o‘tkaziladigan U-20 Osiyo kubogining saralash bahslari bo‘lib o‘tgan. Farhod Nishonov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi "A" guruhida norasmiy tarzda ishtirok etayapti.

Bugun yoshlarimiz mezbon — Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda ishtirok etishdi. Hamyurtlarimiz uchrashuvning 34-daqiqasida Mahmud Jo‘raboyev tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochishdi. Saudiyaliklar esa o‘yin tugashiga 5 daqviqa qolganida muvozanatni tiklashdi. O‘zbekistonliklar durang haqida o‘ylamasdan oldinga tashlanishdi va o‘yin so‘ngida penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Uni Rian Islamov golga aylantirib, jamoamizga g‘alabani taqdim etdi.

Ma’lumot o‘rnida. O‘zbekiston U-19 terma jamoasi dastlabki turlarda Maldiv va Myanmar ustidan g‘alaba qozongandi (7:0 va 3:0). Jamoamiz 18 sentyabr kuni Xitoyga qarshi so‘nggi bahsni o‘tkazadi.

AFC U20 saralash. 3-tur
Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston - 1:2
Gollar: Fahad Alnemer (85ʼ) — Mahmud Jo‘raboyev (34ʼ), Rian Islamov (90ʼ penalti).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:35, 14.09.2022.
O'qildi: 3765 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик