Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichining 2ta o‘yinida ishlagan hakamlar jazoga tortildi

O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichining 2ta o‘yinida ishlagan hakamlar jazoga tortildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi hakamlar harakatlari ko‘rib chiqildi.

«SO‘G‘DIYONA» – «QIZILQUM» (O‘zbekiston kubogi, 1/4 final)

2022 yil 2 sentyabr kuni O‘zbekiston kubogi 1/4 final «So‘g‘diyona» – «Qizilqum» uchrashuvning bosh hakami Shavkat Nasibullayev va zaxira hakami Ravshan Abduvohidov uchrashuv yakunidan so‘ng nazoratchi tomonidan qoniqarsiz bahoga loyiq ko‘rilgan.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra:
— Shavkat Nasibullayevga nisbatan Superliga va O‘zbekiston kubogi uchrashuvlaridan 4 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi;
— Ravshan Abduvohidovga Superliga va O‘zbekiston kubogi uchrashuvlaridan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.


«NASAF» – «LOKOMOTIV» (O‘zbekiston kubogi, 1/4 final)

2022 yil 3 sentyabr kuni O‘zbekiston kubogi 1/4 final «Nasaf» – «Lokomotiv» uchrashuvning hakamlari G‘ayrat Jo‘rayev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Abdurashid Xudoyberganov uchrashuvida xato va kamchiliklar kuzatilgan bo‘lsada, nazoratchi Zokir Qodirov tomonidan bosh hakam va zaxira hakamiga past baho, biroq yordamchi hakamlar baholari ko‘tarib ko‘rsatilgan. Ekspert hakamlar komissiyasi talabiga ko‘ra mazkur holat bo‘yicha tegishli chora ko‘rish so‘ralgani tufayli hakamlar qo‘mitasi tomonidan holat atroflicha muhokama qilindi va tegishli qaror chiqarildi.

Unga ko‘ra:
— G‘ayrat Jo‘rayevga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 1-bandiga asosan takroriy past natija qayd etgani uchun Superliga va O‘zbekiston kubogi uchrashuvlaridan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi;
— Sanjar Shoyusupovga nisbatan ogohlantirish va jarima intizom chorasi;
— Alisher Usmonovga nisbatan ogohlantirish va jarima intizom chorasi;
— Abdurashid Xudoyberganovga nisbatan ogohlantirish va jarima intizom chorasi;
— Zokir Qodirovga nisbatan ogohlantirish va jarima intizom chorasi qo‘llanilsin.

«BUNYODKOR» – «NEFTCHI» (O‘zbekiston Superligasining 18-turi)

2022 yil 8 sentyabr kuni Superliganing 18-turi doirasidan o‘rin olgan “Bunyodkor – «Neftchi» uchrashuvning bosh hakam Aziz Asimov va zaxira hakami Artyom Kalinin uchrashuv yakunidan so‘ng nazoratchi tomonidan qoniqarsiz bahoga loyiq ko‘rilgan.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra:
— Aziz Asimovga nisbatan ogohlantirish intizom chorasi;
— Artyom Kalininga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanilsin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:28, 15.09.2022.
O'qildi: 2845 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик