Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

"Benfika" ustozi - "Yuventus" ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqida: "Haqli g‘alabaga erishdik"

"Benfika" ustozi - "Yuventus" ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqida: "Haqli g‘alabaga erishdik"

Baho:
+ | -

Lissabonning "Benfika" jamoasi bosh murabbiyi Rojer Shmidt Chempionlar ligasining 2-turi doirasidagi safarda Turinning "Yuventus" klubi ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. Portugaliyaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.

"Yuventus" erta gol urishga muvaffaq bo‘ldi, ammo keyin biz tashabbusni qo‘lga oldik. Jamoa shiddat qo‘shdi, bundan tashqari bizni muxlislar juda yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi. Hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldik va ikkinchi bo‘limda o‘yinni o‘z foydamizga og‘dirdik. Mening shogirdlarim yaxshi kurash olib borishdi va haqli ravishda g‘alaba qozonishdi", - dedi Shmidt O Jogo bilan suhbatda.

Ikki tur natijasiga ko‘ra, “Benfika” 6 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Yuventus” hali birorta ham ochko to‘play olmadi va uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 13:26, 15.09.2022.
O'qildi: 819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик