“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa ligasi guruh bosqichida (2:0) “Sherif” darvozasiga gol urdi.
Shu tariqa, Moldova klubi 37 yoshli portugaliyalik uchun kamida bitta gol urgan 124-jamoaga aylandi.
Hujumchi uchun bu gol 2022/23 yilgi mavsumdagi birinchi va professional faoliyatidagi 816-gol bo‘ldi.