"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi Erling Xolandning o‘yini haqida fikr bildirdi.
“U ajoyib hujumchi, men buni ko‘p marta aytganman. Ammo uning yoshida uning ambisiyalari ham bor - u yaxshiroq bo‘lishni xohlaydi va menimcha, u muvaffaqiyatga erishadi.
U murabbiy uchun ideal inson. U yaxshi yigit va bu eng muhimi. O‘zining fazilatlari tufayli u "Manchester Siti"ga qo‘shilishdan oldin qilgan ishini davom ettirmoqda. Biz alohida hech narsa qo‘shganimiz yo‘q", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Joriy mavsumda Xoland barcha musobaqalarda "shaharliklar" safida 9 ta o‘yinda 13 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.