"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland avgust oyida APLning eng yaxshi futbolchisiga aylangani haqida fikr bildirdi.
“Bundan juda faxrlanaman! Barcha jamoadoshlarim va muxlislarimga katta rahmat - sizning yordamingizsiz men bunga erisha olmasdim!” – deb yozdi norvegiyalik tvitterda.
22 yoshli hujumchi avgust oyida "Man Siti" safida 5 ta o‘yinda 9 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Bu Premyer-ligaga yangi kelganlar orasida rekord start hisoblanadi - Xoland Angliya chempionatining 5 ta ochilish uchrashuvida 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan Maykl Kuinn va Serxio Agueroning rekordini yangiladi.