Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Prevyu: «Metallurg» – «So‘g‘diyona»

Prevyu: «Metallurg» – «So‘g‘diyona»

Baho:
+ | -

“Metallurg” va “So‘g‘diyona”jamoalari bugungacha kuchlilar safida o‘zaro 41 ta o‘yin o‘tkazgan: 18 ta uchrashuvda jizzaxliklar, 15 tasida bekobodliklar zafar quchgan. 8 ta uchrashuvda esa  durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 57:51, “So‘g‘diyona” foydasiga.

Mazkur jamoalar o‘rtasida qayd etilgan eng yirik hisob – 4:0. “So‘g‘diyona” 2001 yildi o‘z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o‘yin 2014 yili Zominda bo‘lgan uchrashuvda kuzatilgan. Unda darvozalarga to‘qqizta to‘p kiritilgan – 5:4.

Ushbu jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan o‘yinlar nisbati “Metallurg” foydasiga: 12 g‘alaba, 3 durang, 5 mag‘lubiyat, to‘plar farqi – 29:20.

Bekoboddagi barcha uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar:

05.05.2021 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 0:2
12.07.2020 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 2:0
18.10.2019 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 0:1
21.04.2018 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 2:0
12.05.2017 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 3:1
05.03.2016 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 2:1
26.08.2015 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 1:2
14.05.2014 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 4:2
20.04.2013 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 2:1
10.06.2011 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 3:2
18.05.2009 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 3:1
19.04.2008 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 0:0
24.06.2006 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 1:2
20.03.2004 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 1:0
29.06.2002 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 1:1
21.08.2001 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 0:4
01.04.2000 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 0:0
23.05.1999 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 1:0
17.05.1998 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 3:1

“So‘g‘diyona” haqida
“So‘g‘diyona” futbol klubiga 1970 yilda asos solingan. Dastlabki yillarda DSK (Ko‘ngilli sport klubi) nomi bilan yuritilgan. 1973-75 yillarda – “Mehnat”, 1975 yilda – “Jizzax”, 1976-77 yillarda – “Irrigator”, 1978-81 yillarda – “Bo‘ston”, 1982-85 yillarda – “Zvezda”, 1986-89 yillarda – “Yoshlik” nomlari ostida musobaqalarda qatnashib kelgan. 1990 yildan “So‘g‘diyona” nomini olgan jamoa milliy chempionatlarimizda turli darajada ishtirok etib kelayapti. Birinchi mavsumda bronza medaliga sazovor bo‘lgan oradan 29 yil o‘tib yana sovrindorlar safiga qaytdi. Bu safar vise-chempion bo‘ldi. To‘rt marta jamoa kuchlilar safini tark etib, har safar bir yillik tanaffusdan keyin oliy ligaga qaytgan. Jamoaning bitta mavsumda eng ko‘p gol kiritgan o‘yinchisi Aleksey Jdanov, 1998 yilgi chempionatda raqiblari darvozasini 18 marta ishg‘ol etgan.

2022 yilda “So‘g‘diyona” birinchi marta xalqaro maydonda mamlakatimiz sharafini himoya etmoqda. Aytish mumkinki, xalqaro maydondagi debyut muvaffaqiyatli chiqdi. OFK kubogida ayni paytda jizzaxliklar mintaqaviy final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

“So‘g‘diyona” kuchlilar safida bugungacha 788 ta uchrashuv o‘tkazgan: 274 ta g‘alaba, 150 ta durang, 364 ta mag‘lubiyat. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar nisbati: 995:1240. Jamoaning milliy chempionatlarimizdagi eng yirik g‘alabasi – 10:0 (1992 yil, “Surxon”). Eng yirik mag‘lubiyati esa – 1:8 (2000 yil, “Do‘stlik”), 0:7 (1996 yil –  “Navbahor”, 2009 yil – “Neftchi”, 2015 yil – “Lokomotiv”).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 08:59, 18.09.2022.
O'qildi: 952 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик