Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gattuzo Kavani haqida gapirdi

Gattuzo Kavani haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Valensiya" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo hujumchi Edinson Kavanining jamoa safida debyut o‘tkazishi haqida fikr bildirdi.

“Edinson o‘yinni asosiy tarkibda boshlashni xohlamadi. U o‘z formasiga shubha qildi. Lekin men u boshida paydo bo‘lishi kerak, deb qaror qildim. Qarorimdan juda xursandman. Edinson - asosiy tarkibda o‘ynash uchun hamma narsaga ega bo‘lgan futbolchilardan biri. Aksincha, u formasini yaxshilash uchun ko‘proq o‘ynashi kerak", - deya Gattuzoning so‘zlarini keltiradi Marca.

Ispaniya chempionati doirasidagi “Selta”ga qarshi o‘yinda (3:0) 35 yoshli urugvaylik futbolchi 72 daqiqani maydonda o‘tkazdi.

Kiritildi: 11:00, 18.09.2022.
O'qildi: 1054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.