Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Robert Levandovski bir oy ichida "Barselona"da nimalarga erishdi?

Robert Levandovski bir oy ichida "Barselona"da nimalarga erishdi?

Baho:
+ | -

Levandovski yangi mavsumni yangi jamoada boshladi. U "Barselona" futbolchisiga aylandi va 13 avgust kuni o‘z debyutini o‘tkazdi. Shundan so‘ng, uni to‘xtatib bo‘lmayapti. Gol mashinasi o‘z ishini qilmoqda. Quyida Levandovskining 1 oy davomida "Barselona"da qayd etgan natijalariga to‘xtalib o‘tamiz.

2022 yilning iyul oyida "Bavariya" o‘zi uchun muhim bo‘lgan hujumchisini "Barselona"ga sotadi. Levandovskining transfer qiymati 45 million yevroga baholandi. U Bundesligada o‘ta katta figura edi. Xususan, polyak futbolchisi so‘nggi uch mavsumdan buyon "Bavariya" uchun bitta o‘yinda o‘rtacha, bittadan ko‘proq gol urib kelgan. May oyida esa Levandovski shunday degan: "Mening "Bavariya"dagi ishim yakunlandi. Men ortiq bu yerda futbol o‘ynay olmayman".
Hozirga qadar u "Barselona" safida 8 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ulardan ayrimlarida xet-trik qayd etishga erishdi. Xavi Levandovskining "Viktoriya"ga qarshi qayd etgan xet-trigidan keyin shunday degan edi: "Uning darajasini e’tirof etish shart emas. U shunchaki gollar urmayapti. Robert qanday qilib harakatlanish, qaysi joyda, qachon va qay uslubda turish kerakligini yaxshi biladi. Shu sabab, natija bizning foydamizga hal bo‘lmoqda. Juda xursandman. U biz uchun muhim xarid bo‘ldi. Hujumdagi muammolarning yagona yechimi Roberdir".

Robert Levandovski "Elche" bilan o‘yinda dublga erishgan edi. Quyida hujumchi bilan bog‘liq statistikalar bayon etiladi.
- Levandovski "Rayo Valyekano" bilan bahsda gol ura olmagan. 0-0 bilan tugagan bahs hujumchi uchun 6,41 ballga baholangan. Shundan keyin, u 8 ta o‘yinda 11 ta gol urishga erishdi.
- Levandovski jami 629 daqiqa davomida maydonda harakat qilgan. Bu esa o‘rtacha har 57,2 daqiqada bitta gol deganidir.
- Polshalik futbolchi gollardan tashqari 2 ta assist ham ijro etdi. Bu esa uning har 48,4 daqiqada golda bevosita ishtirok etayotganini bildiradi.
- "Viktoriya"ga qarshi bahsdagi xet-trik orqali Levandovski YECHL tarixida uchta klubda xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi ("BVB", "Bavariya", "Barselona").
- "Viktoriya"ga qarshi bahs futbolchining YECHLda ikki va undan ortiq gol urgan 21 o‘yini edi. Bu borada Ronaldu (31) hamda Messi (26) Levandovskidan ustun xolos.
- Robert YECHL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 86 ta gol bilan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi (Ronaldu - 140, Messi - 125).
- Levandovski oltita La-liga o‘yinida sakkizta gol urdi.
- Hujumchi Ispaniya ichki chempionatida uchta o‘yinda ikkitadan gol urishga erishdi.
- Levandovski bu mavsumda kuchli beshlik chempionatlarida jami 10 tadan ko‘p gol urgan to‘rtta futbolchidan biriga aylandi (Neymar, Mbappe va Xoland bilan birga).
- U "Barselona" safida o‘ng, chap va bosh bilan gol urishga erishdi. Shuningdek, u alohida-alohida bahslarda bitta, ikkita va uchta gollar urishga ulgurdi.
- Vanihoyat, 33 yoshli hujumchi "Who Scored" versiyasiga ko‘ra, La-liganing oltita turidan to‘rttasida eng eng yaxshi futbolchi deb topilgan.

Mana shunday o‘ziga xos natijalarga Levandovski bor-yo‘g‘i bir oy ichida erishdi. Mavsumning katta qismi hali oldinda. Kamiga bizda Jahon chempionati ham bor. Robertni kuzatishda davom eting!

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 12:20, 18.09.2022.
O'qildi: 3859 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.