Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Ular sabab "Arsenal" "Manchester Siti" bilan chempionlik poygasiga kirishishga qodir

Ular sabab "Arsenal" "Manchester Siti" bilan chempionlik poygasiga kirishishga qodir

Baho:
+1 | -

"Arsenal" sentyabr oyidagi xalqaro tanaffuslarga APL peshqadami sifatida chiqib ketadigan bo‘ldi. Ular mavsum boshidanoq "Manchester Siti"ga raqobatchi sifatida e’tirof etilayotgan edi. Hozir ham bu rostga o‘xshab tuyulmoqda. Quyida shimoliy londonlikarning to‘rtta futbolchisi haqida gap boradi. Aynan ular sabab "Arsenal" chempionlikka da’vo qilishi mumkin.

1. Vilyam Saliba

"Arsenal" o‘z futbolchisini ortga qaytarib, yangi xaridni amalga oshirgandek bo‘ldi. Saliba uch yillik ijaradan keyin yana Londonga qaytdi. U asosiy tarkibda sifatli o‘yin taqdim eta oldi. Fransiya terma jamoasi a’zosi "Brentford"ga qarshi bahsda gol urishga erishdi. Bundan oldin, avgust oyida ham u "Bornmut" darvozasini ishg‘ol etgandi. 21 yoshli markaziy himoyachi raqib hujumchilari uchun haqiqiy muammo keltirmoqda. Bu esa "Arsenal"ga joriy mavsumdagi chempionlikka da’vogarlik maqomini berishi mumkin.

2.Gabriel Jezus

"Arsenal"ning o‘tgan mavsumdagi YECHLga chiqa olmagani, jamoada markaziy hujumchi yetishmasligi bilan izohlanadi. Ha, Aleksandr Lyakazett bo‘lgan. Ammo u butun boshli mavsum davomida atigi 4 ta gol ura oldi, xolos. Eddi Nketia bo‘lsa, hali asosiy tarkib futbolchisiga aylanishga tayyor emasdi. Shu sababdan yozda Jezus jamoaga olib kelindi. U ham xuddi Saliba singari "Arsenal"ning darajasi oshishiga sababchi bo‘ldi. Braziliyalik futbolchi bu mavsumda allaqachon 4 ta gol urdi va bu borada o‘tgan yilgi Lyakazettning natijasiga tenglashib oldi. 25 yoshli hujumchi "Manchester Siti"da porlagandi. Ammo u hozir "Arsenal"da asosiy tarkib vakili. Uning gollarni har qanday uslubda kirita olishi, Arteta jamoasi uchun katta foyda keltiradi. Buning isbotini kechagi "Brentford" bilan o‘yinda ko‘rdik. Shu sababdan Jezusni chempionlik poygasidagi muhim qurol deya atay olamiz.

3. Granit Jaka

Granit Jaka bir paytlar jamoa muxlislari tomonidan masxara qilingan edi. U hatto 2021 yilning yozida "Roma"ga yo‘l olishi ham aytilgan. Ammo bu transfer amalga oshmadi. Shundan buyon Jaka "Arsenal" yuragiga aylandi. Uning o‘yinga balans taqdim etishi, Arteta uchun juda ham muhim omildir. Hozirda yarim himoyachi muxlislarning yoqimtoyiga aylanib bormoqda. 29 yoshli futbolchi "Brentford" bilan bahsda o‘z faoliyatidagi eng yaxshi o‘yinlardan birini o‘tkazdi. Jamoaning yarim himoyasi ko‘p marta tanqidlarga uchragan. Ammo Arteta Jakadan to‘g‘ri foydalanish orqali bu kamchiliklarni bartaraf etdi. Jaka – jamoa uchun muhim figura.

4.Bukayo Saka

Har bir APL klubida muxlislar tomonidan yaxshi ko‘riladigan yosh talantlar mavjud. Bukayo Saka esa "Arsenal"dagi o‘sha futbolchidir. 21 yoshli hujumchi bu mavsumda ko‘p gollar urmayapti. Biroq, jamoaning umumiy o‘yin darajasi va saviyasi aynan Saka bilan belgilanmoqda. Saka "Brentford"ga qarshi ikki aniq uzatmani ijro etdi. Bu esa jamoaga g‘alaba keltirgan. Angliya terma jamoasi a’zosi o‘tgan mavsumda 12 ta gol va 7 ta assistni amalga oshirgan. Shubhasizki, uning muhimligi bu mavsum ham oldingidan kam emas. Ayniqsa, APL toji uchun kurashda Sakasiz ish bitmaydi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:54, 19.09.2022.
O'qildi: 3449 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.