Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Aleksandr Krestinin: «Qirg‘iziston qachonlardir Rossiya termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi deb o‘ylamagandim»

Aleksandr Krestinin: «Qirg‘iziston qachonlardir Rossiya termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi deb o‘ylamagandim»

Baho:
+ | -

24 sentyabr kuni Rossiya terma jamoasi uzoq tanaffusdan so‘ng ilk bor o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

«Rus ayiqlari» dunyodagi terma jamoalar murabbiylari orasida «uzoq umr ko‘ruvchilar»dan biri hisoblanadigan 43 yoshli krasnodarlik Aleksandr Krestinin boshqaruvidagi Qirg‘iziston mehmoni bo‘ladi. U mazkur terma jamoani 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda va bu mamlakat tarixida o‘z jamoasini Osiyo Kubogi final turniriga olib chiqqan birinchi mutaxassis bo‘ldi (qo‘shimcha ravishda 2019 yilda guruhdan chiqib, 1/8 finalga qadar chiqdi). Ushbu o‘yin bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘lishi bilanoq «SE» kolumnisti Krestininni suhbatga chorladi.

- Men hozir uyda, Krasnodardaman, ertaga Sochidan Bishkekka to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysda uchaman. 12 sentyabr kuni Qirg‘iziston chempionatida to‘p surayotgan futbolchilar bilan Rossiya termasi bilan o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Legionerlarimiz esa jamoaga keyinroq qo‘shilishadi.

- RFI bilan muzokaralarda qatnashdingizmi?

- Ishtirok etmadim. Ularda Rossiya va boshqa federasiyalar bilan aloqada bo‘lgan federasiya rahbariyati qatnashishdi, chunki biz ikkita o‘yinga raqib izlayotgandik. Bunday imkoniyat borligi haqida xabar berilganida, albatta, mamnuniyat bilan qabul qildim. Biz kuchli jamoa bilan o‘ynashimiz juda yaxshi. Bundan tashqari, Rossiya mening ona yurtim, terma jamoasini esa Qirg‘izistonda hamma sevadi va hurmat qiladi. Bu juda muhim va qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Bunday sharoitda bo‘lishi Rossiya terma jamoasi uchun yomon, albatta.

- Rossiya terma jamoasi rasmiy xalqaro musobaqalardan chetlashtirilganini hisobga olsak, Qirg‘iziston qandaydir tarzda bunday o‘yin uchun jazolanishi mumkinligidan federasiyada xavotir bormi?

- Rahbariyatimiz muzokaralar olib borayotganida ishonchim komilki, bu fikrlarning barchasi inobatga olingan. Hech qanday qiyinchilik bo‘lmaydi deb o‘ylayman. Kelishilganidan keyin hammasi yaxshi bo‘ladi.

- Faoliyatingizda qachondir shunday uchrashuv bo‘lishi mumkinligiga umid qilganmidingiz?

- Biz turli konfederasiyalardamiz. Hatto bizda o‘rtoqlik o‘yinlari uchun «oyna» mavjud bo‘lsa ham, Yevropada - Millatlar ligasi bor, ko‘hna qit’a jamoalari taqvimi ancha tig‘iz. Shuning uchun, ros­tini aytsam, yo‘q, umid qilmagandim, chunki bu jismonan juda qiyin.

- Sizningcha, kuchlarning ob’ektiv bog‘liqligi qanday? Va sizda yutqazmaslik va hatto g‘alaba qozonish uchun imkoniyat bormi?

- Albatta bor. O‘yin boshida hisob 0:0 bo‘ladi, tabiiyki har bir jamoa uni o‘z foydasiga o‘zgartirishga harakat qiladi. Bu hisob bizga ham, Rossiya terma jamoasiga ham yoqmaydi. O‘yin ancha qiziqarli bo‘lishiga shubham yo‘q. Qolaversa, bizning uyda hech kimga oson bo‘lmagan.

- Terma jamoa o‘yinlariga odatdagi muxlis tashrif qanday va ushbu o‘yinga qancha tomoshabin kirishini kutmoqdasiz?

- Odatda 18 ming tomoshabinni sig‘dira oladigan stadionimiz to‘ladi. Rossiya bilan o‘yinda ham, Yaponiya, Avstraliya, Qozog‘iston bilan o‘yinlarda ham tribunalar to‘lishiga shubha yo‘q. Har holda Rossiyaning kelishi katta qiziqish uyg‘otadi.

- Valeriy Karpin, Viktor Onopko yoki Yuriy Nikiforovlar bilan bir-ikki soat xotirjam gaplashishni istarmidingiz - va Bishkekda shunday imkoniyat bo‘lishiga umid bormi?

- Hech qachon ko‘p ma’lumot bo‘lmaydi - va, albatta, murabbiylar shtabi bilan suhbatlashish qiziqarli bo‘lardi. Ayniqsa, Valeriy Georgiyevich «Armavir»da ishlaganida, Krasnodardan yuz kilometr uzoqlikdagi Krimskda yig‘in o‘tkazgan va men bir hafta borib, mashg‘ulotlarni kuzatayotib, shunday imkoniyatga ega bo‘lgandim. Bu juda qiziq edi. Demakki, men uning qanday ishlashini tushunaman. Iloji bo‘lsa, Rostovda amaliyot o‘tash uchun uning oldiga borish yaxshi bo‘lardi. Jamoaning o‘yini yondashuvlar qanday o‘zgarib borayotganini ko‘rsatadi, ammo bu jarayonni ichkaridan ko‘rish va suhbatlashish juda qiziq bo‘lardi. Qolaversa, ularning barchasi katta xalqaro tajribaga ega Ispaniyada, Nikiforov ham Gollandiyada o‘ynagan.

- Sardoringiz Valeriy Kichindan boshqa biror shogirdingiz Rossiyada o‘ynaganmi yoki o‘ynaydimi?

- Hozir Gadji Gadjiyev qo‘l ostida, ya’ni Maxachqal’aning «Dinamo»sida Erbol Atabayev o‘ynayapti. Va aytish mumkinki, u yaxshi o‘ynaydi.

- Hozir dunyoda terma jamoa hajmida sizdan ko‘proq ishlaganlar bormi?

- Menimcha, faqat fransuzlar ustozi Didye Desham (2012 yilning iyulidan). Shuningdek, yaqin vaqtgacha Urugvayni boshqargan Oskar Tabares ham bor edi. Ammo bu mavzuni chuqur o‘rganmaganman.

- Qirg‘iziston terma jamoasi bilan qancha vaqt ishlashni rejalashtiryapsiz va boshqa narsani sinab ko‘rish istagi bormi? Takliflar bormi?

- Shu yilning 31 dekabrida shartnomam tugaydi, ammo federasiya bilan allaqachon kelishib olganmiz va Osiyo Kubogigacha (2023 yilning iyun-iyul oylarida bo‘lib o‘tadi) ishni davom ettiraman. Terma jamoalardan ham, klublardan ham takliflar bo‘ldi. Men barcha variantlarni ko‘rib chiqyapman, ayniqsa bu yil Pro lisenziyasini olganimdan keyin. Lekin bugun Qirg‘iziston futbol federasiyasi bilan munosabatlar birinchi o‘rinda, terma bilan Osiyo kubogigacha ishlayman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 19.09.2022.
O'qildi: 1717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.