"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan birgalikda kechki ovqat haqida gapirdi.
“Eshik qo‘ng‘irog‘i chalinguncha uyimda edim. Men uni ochdim, bu Anchelotti edi. Voy, u oilam bilan dasturxonimizda o‘tiribdi. Ikki soat gaplashdik. Men hech qachon bunaqasini boshdan kechirmaganman, hech bir murabbiy men uchun bunday qilmagan”, dedi Ryudiger Sport 1 nashriga bergan intervyusida.