Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldinyoning belgiyalik sevimli futbolchisi kim?

Ronaldinyoning belgiyalik sevimli futbolchisi kim?

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" va "Milan" klublarining sobiq futbolchisi Ronaldinyo o‘zining sevimli belgiyalik futbolchisi kim ekanligini ochiqladi. Braziliyalik futbolchini "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne ko‘p hayratda qoldirdi.

“Kevin de Bryuyne mening sevimli belgiyalik futbolchim. Menga uning uslubi yoqadi. Ha, u Eden Azar kabi driblingchi emas, lekin u ajoyib texnikaga ega. Kevin ajoyib futbolchi” - dedi Ronaldinyo Voetbalnieuws nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Kevin de Bryuyne "Manchester Siti" bilan 4 marta APL chempionligini qo‘lga kiritgan. Belgiyalik futbolchi avvalroq Londonning “Chelsi” jamoasida Premyer-ligada o‘ynagan va u yerda o‘z salohiyatiga erisha olmagandi.

Kiritildi: 13:12, 22.09.2022.
O'qildi: 1785 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик