Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 27 sentyabrdan 8 oktyabrga qadar Kuvaytda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda qit’amizning eng kuchli jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib boradilar. O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston vakillariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun O‘FA rahbariyati mazkur yirik musobaqa oldidan O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida oldimizda turgan ushbu musobaqaning mas’uliyati haqida fikr bildirildi. Unga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilgani, bir qancha yig‘inlar va xalqaro uchrashuvlar tashkil etilgani qayd etildi. Futzal terma jamoamiz yirik turnirlarda muntazam ishtirok etib kelayotgani aytilib, bu galgi turnirda ham munosib ishtirok etgan holda yuqori o‘rinni qo‘lga kiritishga tilak bildirildi.

Butun xalqimiz, futbol jamoatchiligi va muxlislar musobaqa davomida jamoamizni qo‘llab-quvvatlashi, vakillarimiz esa birdam bo‘lib, Vatanimiz sharafi uchun kurashishi va yurt obro‘sini xalqaro maydonda munosib himoya qilishi kerakligi ta’kidlandi.

O‘z o‘rnida jamoamizning bir qator yetakchi futzalchilari ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Shundan keyin Ravshan Irmatov murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Uchrashuv yakunida O‘FA rahbariyati mas’uliyatli turnir oldidan yana bir bor jamoamizga omad tiladi.

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz Osiyo kubogidagi ishtirokini 27 sentyabr kuni Turkmanistonga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 15:56, 22.09.2022.
O'qildi: 2013 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик