"Manchester Yunayted" hamda "Arsenal" bir futbolchi uchun kurash olib borishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, APLning har ikki giganti ham "Lasio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni nishonga olgan.
Serbiyalik futbolchining Rimdagi bitimi 2024 yilga qadar mo‘ljallangan. Qishki transferlar oynasida "MYU" va "Arsenal" uni sotib olishga urinib ko‘radi.