Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Qirg‘iziston klubi bosh murabbiyi: “Navbahor” chempionlik hamda O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishga qodir”

Qirg‘iziston klubi bosh murabbiyi: “Navbahor” chempionlik hamda O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishga qodir”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 22 sentyabr kuni "Navbahor" Qirg‘iz Respublikasining “Neftchi” (Qo‘chqor-Ota) klubiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va unda yirik – 7:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur o‘yindan so‘ng, “Neftchi” bosh murabbiyi Nurbek Joldoshov klub matbuot xizmati uchun qisqacha intervyu berib o‘tdi.

Mehmonlar ustozi o‘z so‘zini uchrashuv haqidagi fikrlari bilan boshladi.

– Namanganga uchinchi marta tashrif buyuryapmiz. Jamoamizni juda yaxshi kutib olishdi. O‘yin juda chiroyli tarzda o‘tdi. Ayni paytda milliy chempionatimizda tanaffus yuzaga kelgan. Shuningdek, ayrim futbolchilar Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasiga chaqirilishgan. Shu bois, bugungi tarkibimiz optimal bo‘lmadi va asosan yoshlarni maydonga tushirdik. Yaxshi bahs bo‘ldi. Ushbu uchrashuvni tahlil qilamiz. Bugungi o‘yin uchun “Navbahor” va Namangan ahliga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. 

– Bugungi raqib – “Navbahor”ning o‘yini borasida nima deya olasiz? Jamoamiz joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan...

– Biz bu yil OFK kubogi guruh bahslarida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi maydonga tushdik (o‘sha o‘yinda jizzaxliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi). Shu bois, O‘zbekiston chempionatini sinchkovlik bilan kuzatyapmiz. Bu yil “Navbahor”ga qarshi 2 ta o‘rtoqlik bahsi o‘tkazdik hamda har ikki bellashuvda ham jamoamizga qiyin bo‘ldi. Shunday ajoyib o‘yin va tarkib bilan “Navbahor” chempionlik hamda O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishga qodir. Uychida bo‘lib o‘tgan ilk xalqaro o‘rtoqlik  bahsida durang – 1:1 hisobi qayd etilgandi. Bugun esa yirik hisobda imkoniyatni boy berdik.

Umuman olganda, ta’kidlaganimdek, “Navbahor” bilan 3 marta xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdik. 2018 yili bo‘lib o‘tgan bahsda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragandik va o‘shanda “Navbahor”ning bitta goliga ayni paytda Rossiya Premyer-ligasining “Ural” klubida o‘ynayotgan  Oston O‘runov mualliflik qilgandi.

– Namangan shahri haqida nima deya olasiz?

– To‘g‘risi, Namanganga kelganimizda, shaharni aylanishga vaqtimiz bo‘lmayapti. Ammo Namanganning Gullar shahri ekanligini bilaman va eshitganman. Ushbu bayramga kelasi yili tashrif buyurishga harakat qilaman.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 16:11, 23.09.2022.
O'qildi: 2569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик