Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

"MYU" 10 yil davomida tranfserlar uchun qancha ortiqcha pul sarflagan?

"MYU" 10 yil davomida tranfserlar uchun qancha ortiqcha pul sarflagan?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" so‘nggi dekada davomida transferlar uchun ortiqcha pul sarflash borasida yetakchiga aylangan. "CIES Football Observatory" ma’lumotlariga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati 2012 yilning iyulidan 2021 yilning noyabriga qadar 33 ta futbolchi xarid qilgan. Ushbu sotib olingan futbolchilar esa o‘zining bozor narxidan ancha qimmatga tushgan. Kelishuvlarning baland narxda belgilanishi natijasida "MYU" 33 ta o‘yinchi uchun jami 1,4 milliard funt sarflab yuborgan. Shundan 210 millioni, ortiqcha sarflangan mablag‘lar hisoblanadi.

"Manchester Yunayted" tomonidan 10 yil ichida sotib olingan futbolchilarning bozor narxi 1,19 milliard funt edi. Ammo yuqorida ta’kidlanganidek, "MYU" ularga 1,4 milliard sarfladi. Bu esa jamoa ichki boshqaruvida, ayniqsa, transferlar masalasida muammolar borligini ko‘rsatadi. Masalan, klubning bu yozdagi harakatiga e’tibor beraylik. Rahbariyat, go‘yoki, muxlislarning "og‘zini yopish" uchun "Ayaks"dan Antoni ismli hujumchini naq 85,5 million funtga sotib oldi. Bu esa futbolchining bozor narxidan 50 millionga ko‘p demakdir. Shuningdek, "Manchester Yunayted" yaqin o‘tmishda, garchand ular shunga arzimasada, Pol Pogba va Xarri Maguayr uchun ham 80 milliondan ko‘p mablag‘ ishlatgan. Ushbu davr mobaynida Yevropadagi biror klub "MYU"chalik o‘z pulini isrof qilgan emas.

Ortiqcha pul sarflash borasida ikkinchi o‘rinni "Yuventus" band etgan. Turinliklar futbolchi xarid qilishda 208 million funtni rejadan tashqari, ya’ni futbolchilar uchun bozor narxidan katta miqdordagi pulni sarflagan.
"PSJ" esa keyingi pog‘onadan joy olgan. O‘ta saxiy bo‘lgan bu klub, 10 yil ichida 142 million funtni orticha ishlatgan. Undan keyin esa, hammani hayron qoldirgan holda, "Aston Villa" turibdi. Birmingemliklar bu borada 130 million funtlik manfiy ko‘rsatkichga ega. Jamoa Olli Uotkins hamda Emi Buyendiani o‘ta yuqori narxlarda transfer qilgan edi. Shuningdek, ro‘yxatdaning kuchli o‘ntaligida "Chelsi" (120 million), "Arsenal" (114 million) hamda "Everton" ham mavjud.
Xususan, "Chelsi" bu yozda himoyadagi bo‘shliqni yopish uchun Vesley Fofana hamda Mark Kukurelyalar uchun me’yoridan baland to‘lov qilishiga to‘g‘ri kelgan.

Fransiya chempionatidan pul sarflash borasida yana bir vakil bor. "Renn" 10 yil ichida 100 million funt va undan ko‘p mablag‘ sarflash borasida kuchli sakkizlikni band etgan. "Borussiya Dortmund" esa 67 million funt bilan o‘nlikka yakun yasagan.
Normal pul sarflash borasida kuchli beshlik chempionatlarining jami 36 ta klubi so‘nggi 10 yil davomida yaxshi natija ko‘rsata olgan. Ular ichida APLning atigi 3 ta klubi bor - "Tottenxem", "Vulverxempton" hamda "Brayton". "Vulvz"da ko‘rsatkich 6 millionga teng xolos. "Shporlar"da bu statistika 5 million, "Brayton"da esa 875 ming funtni tashkil etadi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:02, 23.09.2022.
O'qildi: 2238 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.