Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Angliyada futbol isloh qilinmoqda

Angliyada futbol isloh qilinmoqda

Baho:
+ | -

O‘tgan yilning noyabr oyida sobiq sport kotibi Treysi Krauch boshchiligidagi bir guruh muxlislar futbol hayotiga oid tadqiqotni taqdim etishdi - natijada Premyer-liga va butun futbol tizimini nazorat qilish huquqini davlatga qaytarish taklifi ko‘tarildi. Xo‘sh, bu nima degani?

Premyer-liga klublari "Futbol uchun yangi kelishuv" nomi ostida shifrlangan katta islohot loyihasini ishlab chiqdi. Chorshanba kuni Premyer-liga klublari rahbarlari kelishuv shartlarini muhokama qilish uchun yig‘ilishadi.

Yozda Premyer-liga klublari yangi kelishuvni qo‘llab-quvvatlayotgani xabar qilingandi, lekin ularning talablari ham mavjud: ular turli turnirlar bilan gavjum bo‘lib borayotgan jadvalni bekor qilish tarafdori.

• Birinchidan, Angliya kubogida takroriy o‘yinlardan xalos bo‘lish taklifi bor. Ha, ular bir-ikki mavsumdan beri yo‘q bo‘ldi, biroq bu faqat koronavirus oqibatida, shuningdek, tig‘iz taqvim sababli o‘tkazilmadi xolos. Biroq APL klublari endi buni batamom yo‘q qilish tarafdori bo‘lib turishibdi. Bu mavsumda Liga kubogining uchinchi va to‘rtinchi turlardagi takroriy o‘yinlar (chempionship va Premyer-liga klublari o‘sha paytda kurashga kirishadi) qaytarilishi kerak edi, ammo bu bilan bir jamoaning to‘liq muvaffaqiyat qozonishi dargumon. Qirolichaning vafoti tufayli juda ko‘p o‘yinlar qoldirildi. Endi klublar Angliya kubogini Premyer-liga klublari bilan turlarda takroriy o‘yinlarsiz abadiy tark etish imkoniyatini muhokama qilmoqdalar.

Beshinchi turdan boshlab durang bo‘lgan o‘yinlar taqdirini qo‘shimcha vaqt va penaltilar seriyasi hal qiladi. To‘g‘ri, futbol associasiyasi bunday taklifga hali rozi bo‘lgani yo‘q. Ikkinchi o‘yinlarning bekor qilinishiga qarshi asosiy dalil kichik klublarning durang qayd etilgan taqdirda Premyer-liga klubiga qarshi mehmonda o‘ynashi va buning uchun jiddiy mablag‘ sarflashi bo‘lib turibdi. Masalan, yevrokuboklar ishtirokchilari Liga kubogini o‘tkazib yuborish varianti bor. Yoki ular U-21 terma jamoalarini u yerga joylashtiradilar - xuddi bir necha yil avval "Liverpul" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga jo‘nab ketganda bo‘lgani kabi.

Bunday qadam, albatta, qiyin masala. Liga kubogi ko‘pincha kuz va qishda - xalqaro miqyosdagi musobaqalarning guruh bosqichi hal qiluvchi pallaga yetgan payti bo‘lib o‘tadi. 2024 yildan boshlab Chempionlar ligasi isloh qilinadi, bu esa guruh bosqichiga yana ko‘proq o‘yinlarni qo‘shadi. Shunday qilib, qo‘shimcha kuboklar uchun taqvimda joy qolmasligi mumkin. Avvalo, Premyer-liga klublaridan qo‘shimcha harajat qilish talab etilmoqda. pul bo‘lishishi talab qilinadi. The Times nashrining yozishicha, quyi divizionlar hozirdan beri Premyer-liga klublaridan qo‘shimcha 250 million funt so‘ragan. Avvalroq chempionship klubida Premyer-ligadan tushadigan pullar jamoaning mavsum yakunida egallagan o‘rniga qarab taqsimlanishi haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, premyer-ligadan chiqqan jamoalar uchun qo‘shimcha to‘lovlar kamayishi mumkin.

Yana bir yangilik – Chempionship va quyi liga jamoalari uchun yuqori liganing maxsus grantlari. Ular infratuzilmani rivojlantirish uchun beriladi: masalan, stadionlar yoki o‘quv inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish uchun. Premyer-liga o‘zining moliyaviy feyr-pleyini joriy qilgan. Klublarga yillik aylanmaning 70% dan ortig‘ini maoshlar, transferlar va agentlarga sarflash taqiqlanadi - bularning barchasi UEFA tavsiyalari va butun Yevropaning futbolning yangi versiyaga o‘tishiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 07:07, 24.09.2022.
O'qildi: 1788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.