Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya to‘rt yillik an’anasini buzdi

Ispaniya to‘rt yillik an’anasini buzdi

Baho:
+ | -

Millatlar ligasining 5-turi doirasida Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida Shveysariyani qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda mehmonlar oldinga chiqib olishdi, o‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida Jordi Alba hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan to‘rt daqiqa o‘tib Brel Embolo yana shveysariyaliklarni oldinga olib chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu omadsizlik ispanlarning birdaniga ikkita seriyasini to‘xtatdi - ular umumiy hisobda 22 uchrashuvda mag‘lub bo‘lishmadi, shuningdek, deyarli to‘rt yil davomida o‘z uylarida mag‘lub bo‘lishmadi. Bu oxirgi marta 2018 yilning oktyabr oyida sodir bo‘lgan, o‘shanda Ispaniya o‘z uyida Millatlar Ligasi doirasida Angliyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Kiritildi: 15:05, 25.09.2022.
O'qildi: 1631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик