Millatlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin Sautgeyt bir qancha tanqidlarga uchradi.
Ko‘pchilik Millatlar Ligasini foydasiz turnir deb biladi, jamoalar undagi muvaffaqiyatsizliklarga alam bilan chidab kelmoqda. Ayniqsa, Angliya terma jamoasi – Italiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng A ligadan (Millatlar ligasi oliy divizioni) chiqib ketdi, Garet Sautgeyt esa o‘yindan so‘ng bunga fikr bildirdi.
"Hozir bizda yomon ahvol hukmron", - deya o‘zini oqladi bosh murabbiy. - Hammasini tuzatishimiz kerak. Va yagona yo‘l - biz ishongan narsaga, oldingi turnirlarda bizga muvaffaqiyat keltirgan narsaga sodiq qolishdir. Futbolchilar diqqatini jamlashlari kerak. Shovqin juda ko‘p bo‘ladi, lekin u mening atrofimda bo‘lmoqda va bu mutlaqo normaldir, futbolchilar o‘z ishlarini qilishlari kerak. O‘yindan keyin muxlislarning tanqidiy munosabatini tushunaman, bu turnirda biz muvaffaqiyatsiz natijalarga erishdik, shuning uchun men uchun bunday emosional reaksiya tushunarli holdir".
Shunga qaramay Roberto Manchini o‘z raqibini maqtadi: «Angliya jahon chempionatiga chiqib bo‘lgan va bu eng muhimi. Mening fikrim: Angliya o‘yinda mag‘lub bo‘lsa ham, dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri bo‘lib qoladi. Ularda jahon chempionatida yaxshi imkoniyat bor”.
Ammo Britaniyada Sautgeytni hamma ham maqtayvermaydi. Futbol mutaxassislari undan ancha norozi - va Sautgeytning o‘zi bashorat qilganidek, uning qarorlarini tanqid qilishmoqda.
• Buyuk Britaniya futboli mashhur mutaxassislaridan biri Gari Linekerning fikricha, Sautgeyt jamoasida ijodkorlik kayfiyati yetishmaydi. "Angliyaning eng ijodkor yarim himoyachisi Jeyms Meddison jamoaga tusha olmagani, Angliyaning eng kreativ futbolchisi Trent Aleksandr-Arnold esa zaxira o‘rindig‘ida hech narsani tushunmagandek o‘tirishi sizningcha normal holmi?", - deb istehzo qildi Lineker.
• “Chelsi” va “Liverpul”ning sobiq futbolchisi Jo Koul Italiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan xafa bo‘lgan va eng yaxshi ingliz futbolchilari o‘zlarining eng yaxshi o‘yinlarini namoyish etmayotganiga tushunmaydi. “Muammolar qayta tiklanmoqda. Bu bolalarda qobiliyat bor, ular yuqori darajadagi futbolchilar. 19 yoshli Jud Bellingem maydondagi eng yaxshi o‘yinchimiz edi. Ammo bu futbolchilarning natijasini hisobga olsak, buni qabul qilish qiyin. Bu jamoada xarakter bor, o‘ziga xoslik bor, lekin oxirgi besh-oltita o‘yinda yo‘ldan adashishdi. Ular bir tempga qaytishlari kerak. Garet Sautgeyt bu hafta jamoani birlashtirish yo‘lini topishi kerak", deydi Koul.
• "Vest Xem"ning sobiq himoyachisi Mettyu Apsonning fikricha, Angliya jamoasida birinchi navbatda harakat yetishmaydi. “Ushbu futbolchilar uchun Millatlar Ligasidan tushib ketish yaraga sepilgan tuz bo‘ladi. Bu ijodkor va birdamlikka qodir jamoa qanday qilib o‘yini chiqmay qolishini tushunish qiyin. Hozir hammasi silliq ketayotgani yo‘q. Jamoada harakat yetishmadi”.
• Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kris Satton Garet Sautgeytning uslubini tanqid qildi, lekin ayni paytda himoya chizig‘idagi sust o‘yinni ham alohida ta’kidladi. «Agar Garet Sautgeyt jamoadan yaxshi o‘yin ko‘rishni xohlasa, bu, albatta, faqatgina uning mahoratiga bog‘liq emas. Bu yerda futbolchilarning hissasi katta. Bu muxlislar Angliya jahon chempionatida g‘olib chiqadi deb o‘ylaydigan o‘yin emas. Sautgeyt top-jamoalarga qarshi o‘ynaganda, doimo uchta himoyachi bilan o‘ynaydi, lekin bu juda katta tavakkal degani hamdir. Oxirgi natijalar futbolchilarning holatiga tasir qildimi, bilmayman, ammo jamoada ritm va barqarorlik umuman yetishmadi.
Tanqid ob’ektlaridan biri - himoyachi Xarri Maguayr bo‘lib qolmoqda. Mana, u o‘zini qanday himoya qiladi.
• "Manchester Yunayted" sardori Xarri Maguayr zaxira o‘rindig‘iga qo‘yilganiga qaramay, terma jamoaga chaqirildi - va uning nutqi birinchi navbatda uning maqomi bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. “Men odamlar nima deyishi haqida o‘ylamayman. Agar odamlar men haqimda yozmoqchi bo‘lsa, men "Manchester Yunayted" sardoriman va barchasi tabiiy hol. Men ularning planshetiga xo‘jayin emasman. Ular shunga o‘xshash narsalarni yoqtirishadi. Ammo men jarohatim tufayli sakkiz haftani o‘tkazib yuborganimdan so‘ng Yevroga yo‘l olganman, bor-yo‘g‘i bitta o‘yinni o‘tkazib yubordim va turnirning ramziy jamoasiga kiritildim. Meni to‘xtab qoladi deganlar adashishadi.
Endi Angliya uchun Millatlar Ligasi qanday ko‘rinish oladi?
Inglizlar A ligasidan muddatidan oldin tushib ketganligi sababli, ularning B ligasidagi raqiblari nomi to‘liq aniq emas, chunki C ligasidan tushib ketganlar va ko‘tarilganlar keyinchalik aniqlanadi.
Umuman olganda, Angliya oliy divizionni tark etgan birinchi jamoa bo‘ldi - ammo bugun, beshinchi tur yakunlariga ko‘ra, Shveysariya ham ularga qo‘shilishi mumkin. Boshqa barcha da’vogarlar bu masalani so‘nggi turgacha qoldiradi.
Shvesiya, Serbiya, Finlyandiya, Chernogoriya, Albaniya, Ukraina, Irlandiya, Islandiya – bular Angliyaning yangi ligadagi potensial raqiblari.