Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

O‘rtoqlik o‘yini: «Dinamo» Jizzaxda «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etdi

O‘rtoqlik o‘yini: «Dinamo» Jizzaxda «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA kunlari sababli Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan «Dinamo» jamoasi Jizzaxda «So‘g‘diyona» bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Ushbu bahsda murabbiylar Vadim Abramov va Ulug‘bek Baqoyev bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazishdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Shahboz Jo‘rabekov avtogol muallifi bo‘ldi – 0:1.

Oradan ko‘p o‘tmay, Jo‘rabekovning o‘zi farqni tenglashtirdi – 1:1. 67-daqiqada «Dinamo»ning hujumi paytida to‘p navbatdagi marta mezbon futbolchisiga tegib darvozadan joy olgan bo‘lsa, 79-daqiqada Sahob Rashidov sobiq klubi darvozasini ishg‘ol etdi – 1:3.

O‘rtoqlik o‘yini. 25 sentyabr (yakshanba)
«So‘g‘diyona» - «Dinamo» - 1:3 (0:0)
Gollar: Shahboz Jo‘rabekov 57 – Shahboz Jo‘rabekov avtogol 50, avtogol 67 (noma’lum), Sahob Rashidov 79.
«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Yevgeniy Chumak, Erkin Boydullayev, Jo‘rabek Mannonov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Abdujamol Isroilov, Mehriddin Musurmonov, Javlon Malikov, Akmal Kozimov, Elguja Grigalashvili, Marat Bikmayev.
Zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar: Aslon Ahrorov, Vohid Oqbo‘tayev, Bobur Madaminov, Shohrux Mahmudxojiyev, Oybek Nurmatov, Sahob Rashidov, Faxriddin Alimov.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:00, 26.09.2022.
O'qildi: 1257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик