Avstriya terma jamoasi hujumchisi Marko Arnautovich Millatlar ligasida Xorvatiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:3) jamoa rekordchisiga aylanganiga unchalik ahamiyat bermaganini tan oldi.
“104 o‘yindan iborat rekord men uchun unchalik muhim emas. 100-o‘yinga yetganimda xursand bo‘ldim. Qolganlarning hammasi men uchun shunchaki bonus”, - deya Arnautovichning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Avvalgi rekordchi Andreas Gersog bo‘lgan, u terma jamoa safida 103 o‘yin o‘tkazgan.