Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Bu mavsum qay bir klub avjiga chiqarkin? Bizda bir nechta variantlar bor!

Bu mavsum qay bir klub avjiga chiqarkin? Bizda bir nechta variantlar bor!

Baho:
+ | -

2022-23 yilgi mavsum allaqachon biz bilan. Qatardagi qishki Jahon chempionatiga qadar, bizni nisbatan qisqa, lekin o‘ta shiddatli va zich taqvim kutmoqda. Chunki aynan mana shu davr keyinchalik hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Klublarning mundialdan keyin qay ahvolda bo‘lishi noma’lum. Shu sababdan nimanidir taxmin qilishga ham qo‘rqasan, kishi. Shunday bo‘lsada, quyida, "90min" nashrining "mavsum klubi" bo‘lishga nomzod jamoalari bilan tanishasiz.

"Manchester Siti"

Gvardiola qurgan jamoa har yili butun futbol dunyosini boshqarishi kutiladi. Yangi mavsum ham bundan mustasno emas. Kataloniyalik mutaxassis futbolchilardan ko‘p narsa talab qiladi. Shunga mos ravishda o‘yin qura oladi ham. Yozda Erling Xolandning olib kelinishi esa, "Manchester Siti"ga uzoq kutilgan YECHL g‘olibligini keltirishi mumkin. Binobarin, "shaharliklar"ning APLni yutish ehtimoli ham ancha baland.

"Barselona"

Bir yil futbolda o‘ta katta davr sanaladi. Buni "Barselona" misolida ko‘rish mumkin. Klub o‘tgan yozda o‘z afsonasi, Messidan ayrilgan edi. Ronald Kuman esa jamoada qoladi. Uning o‘rnini mavsum yarmida egallagan Xavi, 9 o‘rinda yurgan klubni birdaniga turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasiga ko‘taradi. Rahbariyat, xususan, Juan Laporta Xavi istagan futbolchilarni olib kelmoqda. Kataloniyaliklarning hujumida Levandovski paydo bo‘ldi. Bu esa ish beryapti. "Barselona" hozir nafaqat La-liganing, balki, YECHLning ham favorit klublaridan biriga aylangan.

"Bavariya"

Avvalo, klub o‘tgan mavsumda Germaniya chempioniga aylanganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Negaki, "Bavariya" 2021-22 yilgi mavsumni ancha qiyin o‘tkazgan edi. Jamoaga yozda Sadio Mane olib kelindi. Ha, u Levandovskining o‘rnini bosa olmas. Lekin, aniqki, jamoaga katta foyda keltira oladi. De Ligt esa himoyadagi kamchiliklarni yopishi kutilmoqda. Shu va shu kabi yangi yuzlar, "Bavariya"ni yana Yevropaning katta qudratiga aylantirishi mumkin. Ammo shu kecha-kunduzda bunday ko‘rinmayapti. Baribir, myunxenliklardan ehtiyot bo‘laverish kerak.

"Inter"

Simone Inzagi o‘tgan mavsumda Antonio Konte o‘rniga olib kelindi. Adolat yuzasidan aytish kerakki, Inzagi o‘ziga topshirilgan vazifani yaxshi eplayapti. "Nerazzurilar" yozda Lukakuni qaytardi. Bu esa milanliklarga katta ustunlik beradi. "Liverpul" o‘z guruhidagi "ajdaho"dan yaxshi xabardor. "Inter"da esa yana jahonning eng yaxshisi bo‘lish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

"Real Madrid"

35 marta La-liga g‘olibligi, 14 ta YECHL kubogi, 19 ta Ispaniya kubogi – ko‘p narsadan darak beradi. "Real" haqiqatdan ham o‘z tarixining katta qismlarida dunyoda dominantlik qilgan. 2022-23 yilgi mavsum ham bundan mosuvo emas. Jamoa Karlo Anchelotti qo‘l-ostida yangi mavsumni fantastik notada boshladi. "Real"ning ishga kirishgani, Yevropaning boshqa klublarida xavotir uyg‘otmay qolmaydi. Bunda Karim Benzema va Vinisius Junior kabi nomlar muhim hisoblanadi. Yozgi transferlardan Orelyen Tchuameni hamda Antonio Ryudiger ham "qirollik klubi" o‘yiniga sifat qo‘shmoqda. Aniqki, yuqorida nomlari keltirilgan klublardan farqli ravishda, mavsumning eng yaxshisi nomiga "Real" jiddiyroq nomzoddir. Harxolda, hozirgacha shunday ko‘rinmoqda.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 19:45, 27.09.2022.
O'qildi: 3046 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.