Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Nikolo Zanyolo: «Futboldan chetda qolish juda og‘ir»

Nikolo Zanyolo: «Futboldan chetda qolish juda og‘ir»

Baho:
+ | -

«Roma» vakili Nikolo Zanyolo KL guruh bosqichi 2-tur o‘yini oldidan Trigoriyada yig‘ilgan jurnalistlarning iltimoslarini rad etmadi.

 Ya’ni vaqt tig‘izligiga qaramay, ularning savollariga javob berishga rozi bo‘ldi.

- Maydonga tezroq qaytishga oshiqqaningizni qanday izohlaysiz? Bu keyingi faoliyatingiz uchun tavakkalchilik emasmi?

- Hammasi oddiy: futboldan chetda qolish har doim og‘ir. O‘z holatimda adolatsizlik borligini ham his qildim. Axir yelkadagi kichik jarohat tufayli eng yaxshi sport formasida bo‘lishingiz uchun zarur mashg‘ulotlarda qatnasholmaslik... Afsuski, bunday holatda qo‘lingizdan hech narsa kelmaydi. Qisqasi, bor e’tiborni tezroq qaytishga qaratdim, bunda shifokorlarning barcha tavsiyalariga to‘liq amal qildim. Murabbiyning jamoa uchun imkoni boricha tezroq tuzalishimni so‘ragani ham qo‘shimcha kuch bag‘ishladi. Shu tariqa «Empoli» bilan o‘yin uchun tayyorligimni tushundim. Agar zarurat tug‘ilganida, safarga jamoa bilan birga chiqardim.

- Oldinroq «Roma»da uzoq vaqt qolishni mo‘ljallayotganingizni aytdingiz...

- Ha, «Roma» - bu ustuvor maqsadim. Klub menga ko‘p narsa berdi va endi hammasiga munosib javob qaytarishim qoldi. Albatta, jamoada imkon qadar ko‘p o‘ynash va yutuqlar ko‘rishdan umidvorman.

- Joriy mavsum uchun o‘z oldingizga qandaydir aniq marra qo‘ydingizmi?

- Shaxsiy maqsadmi? Birinchidan, jamoaga imkon doirasida yordam berishim kerak. Ikkinchidan, jarohatlarni chetlab o‘tishim muhim. Qolaversa, o‘tgan mavsum oxiridagi kabi jamoadoshlarim bilan g‘alabadan zavqlanishni xohlayman.

- Fizioterapiya muolajalaridan so‘ng tanangizda o‘zgarish sezilyaptimi? Umuman, hozir oldingi Zanyoloning necha foizini his qilyapsiz?

- Avval ham aytganman - jarohatlar inson, mard yigit va sportchi sifatida shakl­lanishimga yordam berdi. Zanyolaning necha foiz tiklanganini esa faqat o‘yinlar ko‘rsatadi.

- Avvalgi mavsum asosan o‘ng tomonda o‘ynadingiz. Paulo Dibala kelishi bilan esa chap qanotga o‘tdingiz. Siz uchun nima o‘zgardi?

- Aytarli hech nima, chunki mas’uliyat bir xil. Mavsum boshida ortdan hujumga ko‘proq qo‘shilishimni so‘rashdi, bu menga ma’qul ko‘rsatma. Ortdan hujumni qo‘llash asnosida raqibni tarqatib yuborishim ehtimoli oshadi. Umuman, Pellegrini va Dibala kabi saviyali ijrochilar bilan raqiblarga katta qiyinchilik tug‘dirishimiz mumkin.

- Mourinyo o‘sishingizga qanchalik yordam beryapti?

- Jozega alohida rahmat aytishim kerak, chunki o‘tgan yili ishlarim yaxshi ketmayotmagan payt ham doim olg‘a undadi, o‘zimni ko‘rsatishimga imkon berdi. Qisqasi, u tufayli ham shaxs, ham futbolchi sifatida o‘sdim. Mou - ajoyib murabbiy va xuddi shunday inson. Bunday mutaxassis bilan ishlayotganimdan xursandman.

M.PO‘LATOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:41, 27.09.2022.
O'qildi: 1150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик