Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Kim "g‘olib"u, kim "mag‘lub? Ingliz futbolchilarining ahvoli haqida

Kim "g‘olib"u, kim "mag‘lub? Ingliz futbolchilarining ahvoli haqida

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi futbolchilari Qatarga uchishdan oldin o‘zlarini ko‘rsatish uchun so‘nggi imkoniyatga ega bo‘lgan edilar. Germaniya bilan o‘yin bizga ayrim narsalarni ochiqlab berdi. Quyida shu haqida gap boradi. Biz o‘zini ko‘rsatgan va ko‘rsata olmagan o‘yinchilarni shartli ravishda "g‘oliblar" va "mag‘lublar" deb atadik.

"G‘oliblar"

Terma jamoaning so‘nggi ikki o‘yinida katta taassurot qoldira olgan eng asosiy futbolchi Saka edi. Uni haqiqiy g‘olib deya olamiz. Bukayo Saka Germaniya bilan bahsda Sautgeytga nima uchun asosiy tarkibda tushishi kerak ekanini isbotlab berdi. U hatto o‘yindagi g‘alaba golini ham urishi mumkin edi.
Meyson Mount biz uchun navbatdagi "g‘olib" futbolchidir. U Germaniyaga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. "Chelsi" vakili o‘z goli bilan jamoasining natijasiga hissa qo‘shdi. Ayniqsa, uning Saka bilan maydondagi bog‘lami o‘ta muhim ahamiyatga ega edi.
Jeyms Meddison Millatlar ligasida porlagan navbatdagi yulduzdir. Angliya hujumida ba’zida ko‘zga tashlanib turadigan ijodkorlikning kamligi, aynan Jeyms Meddison bilan bartaraf etilgandi. "Lester" yarim himoyachisi, Sterling va Foden kabi hujumchilarning foydasi sezilmayotgan paytda maydonda paydo bo‘lib, ko‘p narsani o‘zgartira olishini isbotladi.
Yarim himoyada Bellingem ham o‘zining saviyasi bilan jamoaga barqarorlik baxsh eta oldi. Sautgeyt Jud va Deklan Raysga tayanch chizig‘ini ishonib topshirishi mumkin, albatta. Himoyada esa Erik Dayerni alohida ta’kidlash joiz. "Tottenxem" futbolchisi so‘nggi o‘yinlarda nisbatan yorqinroq ko‘rindi. Shu sabab, katta ehtimol bilan Jahon chempionatiga olib ketiladi.

"Mag‘lublar"

"Mag‘lublar" haqida gap ketganida, birinchi o‘rinda darvozabon Nik Poupni keltiramiz. Negaki, uning xatosi bo‘lmaganida, Angliya Germaniyaga qarshi g‘alabaga ham erishishi mumkin edi. Bu voqea nima uchun Jordan Pikford eng maqbul variant ekaniga yana bir isbot bo‘ldi.
Poup darvozasini mudofaa qilgan Xarri Maguayr, navbatdagi omadsiz qahramonlarimizdan biriga aylandi. Aynan u sabab Germaniya penaltiga ega bo‘ldi va hisobni ochdi. Sautgeyt Maguayrdan kechmayotgani, ayni mana shu epizodda, xato ekani sezilib qoldi. Bellingem tomonidan egallab olingan o‘rin, aslida Kalvin Fillipsniki edi. Fillips Yevro-2020da porlagan. Ammo bu mavsumda ancha qiyinchiliklarga duch keldi. Rays va Bellingemning to‘g‘ri o‘yini, Fillipsni "mag‘lub" futbolchilar qatoriga qo‘shdi.
Xuddi shu kabi qanotdagi hujumda Sakaning porlashi, Fil Fodenga yomon ta’sir qilib, ro‘yxatning salbiy tomoniga kirishiga sabab bo‘lgan. Foden terma jamoa safida oxirgi marta 2020 yilda Islandiyaga qarshi o‘yinda gol urgan.
Millatlar ligasining so‘nggi o‘yinlaridagi eng baxtsiz futbolchi, shubhasiz, Ayvan Touni bo‘ldi, deyishimiz mumkin. Hujumchi ilk bor Angliya terma jamoasiga chaqiruv oldi. Ammo o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon taqdim etilmadi. Hozir esa uning yagona umidi "Brentford"da mavsumning qolgan qismini iloji boricha muvaffaqiyatli o‘tkazishdir.

Shunday qilib, yuqorida Angliya terma jamoasining so‘nggi ikki bahsida yuz bergan voqealarga asoslanib, tarkib futbolchilarini ikki guruhga bo‘lib chiqildi. Uni adolatli deb hisoblaysiz yoki yo‘q, bu sizning ishingiz...

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:18, 28.09.2022.
O'qildi: 2194 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.