"Barselona" futbolchilarini birin-ketin yo‘qotmoqda. Xalqaro o‘yinlardagi pauza Xavi jamoasining zarariga bo‘ldi. Jarohatlar tufayli ular birdaniga besh nafar futbolchini yo‘qotishi mumkin! Biz har bir holatni batafsil bayon qilamiz.
Jyul Kunde, Fransiya
22 sentyabr kuni Fransiya Avstriya bilan to‘qnash keldi va “Barselona” himoyachisi o‘yin vaqtida jarohat oldi. Kunde uchrashuvni davom ettira olmadi - 23-daqiqada Didye Desham uning o‘rniga Uilyam Salibani tushirdi. Himoyachiga tovoni yorilishi tashxisi qo‘yilgan, shu sababli u 3-4 haftani o‘tkazib yuboradi. AS xabariga ko‘ra, Kunde Xavi bilan gaplashgan va unga tezroq maydonga qaytish uchun hamma narsani qilish niyati haqida aytgan. Himoyachi "Real"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomadada (16 oktyabr) o‘ziga joy qoldirishni so‘ragan. Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda “Barselona” safida beshta o‘yinda maydonga tushdi va “Sevilya”ga qarshi o‘yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Ronald Arauxo, Urugvay
Ronald Araujo Eron bilan o‘yinda jarohat oldi va to‘rtinchi daqiqadayoq almashtirildi. Tekshiruvda himoyachining o‘ng sonida sinish aniqlangan. Futbolchini Finlyandiyada operasiya kutmoqda.
Arauxoga qanday munosabatda bo‘lishidan qat’i nazar, u olti-sakkiz haftani o‘tkazib yuboradi. "Barselona"dagi ispan OAV manbalarining xabar berishicha, bu qarorda Jahon chempionati omili hal qiluvchi bo‘lmagan.
Diario Sport xabariga ko‘ra, Urugvay terma jamoasi vakillari Arauxoga bosim o‘tkazib, Jahon chempionatida qatnashish uchun uni operasiyadan voz kechishga undashgan. Urugvayliklar avgust oyidan beri jarohat olgan Diyego Godinning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli "Barsa" himoyachisiga umid qilmoqda.
Shuningdek, “Barselona” FIFAdan Arauxoning Urugvay terma jamoasi bilan o‘yinda olgan jarohati uchun tovon puli talab qilgan. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Memfis Depay, Niderlandiya
Hujumchi Millatlar ligasida Polsha bilan o‘yinda jarohat olgandi. 52-daqiqada hujumchi o‘rniga Vensan Yanssen maydonga tushdi. Depay jarohat tufayli qancha vaqtni o‘tkazib yuborishi hozircha aniq emas, lekin Kundedan farqli o‘laroq, u katta ehtimol "Real" bilan o‘ynaydi.
Frenki de Yong, Niderlandiya
Yarim himoyachi Polsha bilan to‘liq o‘yin o‘tkazmadi. De Yong birinchi bo‘lim bilan chegaralanib, terma jamoasi joylashgan joyni tark etdi va Belgiya bilan o‘ynamadi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining mushaklari bilan bog‘liq muammolar bor, shu sababli u 10 kundan ko‘proq vaqtni o‘tkazib yuboradi.
Usmon Dembele, Fransiya
Fransuz Avstriya bilan o‘yinda 11 daqiqa harakat qildi, ammo Daniya bilan o‘yinda zaxirada qoldi. Bir kun avval, L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, Dembele oyog‘idan jarohat olib, jamoa yig‘inini o‘tkazib yuborgan edi. OAV xabarlariga qaraganda, jarohat jiddiy emas va hujumchi keyingi o‘yinda maydonga tushadi. Lekin hammasi klubdagi tekshiruvdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
"Barselona"da terma jamoalarga chaqirilgan 20 nafar futbolchi bor va ulardan 13 nafari klubga qaytishdan oldin yana bitta o‘yin o‘tkazadi