Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

APL. Kuchli oltilikdagi har bir klubdan bir vakil. Ular JCHni o‘tkazib yuborishi mumkin

APL. Kuchli oltilikdagi har bir klubdan bir vakil. Ular JCHni o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasidagi futbolchilar saviya jihatdan ajralib turadi. Ayniqsa, kuchli oltilik jamoalari jahonning yetakchi klublari hisoblanadi. Ularda o‘ynovchi futbolchilar esa terma jamoa darajasidagi vakillardir. Shunga qaramay, Angliyaning top-6 klublaridan hech bo‘lmaganda bitta vakil JCHni o‘tkazib yuboradi (asosiy tarkib). Quyida shu haqida so‘z boradi.

"Arsenal" – Gabriellar

Braziliya terma jamoasining mundialdan oldingi tarkibi biroz g‘alati edi. Bosh murabbiy Tite qandaydir tajribani amalga oshirgan bo‘lsa kerak. Aks holda "Arsenal"dagi 3 ta top-futbolchini chaqirgan bo‘lardi. Jezus borasida unchalik ham muammo yo‘q. Buni tushunsa bo‘ladi. Ammo Martinellining terma jamoadan tushib qolishi katta muammodir. Shuningdek, himoyachi Gabriel ham Londonda qolgan. Uning o‘rniga "Yuventus"dan Gleyson Bremer hamda "Roma"dan Rojer Ibanyeslar chaqirilgan. Bu shuni anglatadiki, hozirdan boshlab to Jahon chempionatiga qadar 13 ta o‘yin bor va bu ikki Gabriel shu vaqt oralig‘ida o‘zini ko‘rsatishi lozim.

"Chelsi" – Vesle Fofana

"Chelsi"ning yangi vakili hali asosiy jamoaga o‘yin o‘tkazmadi. U faqatgina 21 yoshgacha bo‘lgan jamoada harakat qilgan xolos. Shunga qaramay, Fofananing o‘zi Didye Desham tuzajak jamoaga kira olishiga ishonmoqda. Fofana atrofidagi vaziyatni Kot-d'Ivuar sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Agarda Fransiya termasi uni jalb qilmasa, u holda afrikaliklar himoyachini o‘zida o‘ynash uchun ko‘ndirishga harakat qiladi.

"Liverpul" – Aleksander-Arnold

Sautgeytning tanlovlari so‘nggi paytlarda ziyon keltirmoqda. Buni Angliya terma jamoasidagi himoyachilar harakati ko‘rsatib berdi. Ammo bunga Aleksander-Arnoldning sport formasi ham katta ta’sir ko‘rsatgan. "Liverpul" yulduzidan tezda o‘ziga kelib olish talab etiladi. Aks holda, Trent terma jamoadagi o‘rnidan ajrab qolishi mumkin.

"Manchester Siti" – Kalvin Fillips

"Shaharliklar"ni ayni damdagi tarkibiga nazar solsangiz, u yerdagi hech bir futbolchi JCH havosidan bebahra qolmasligiga amin bo‘lasiz. Ammo Fillips bundan mustasno. Chunki yarim himoyachining yelkasidagi jarohat bunga yo‘l qo‘ymasligi mumkin. Hatto, hozir ham yo‘l qo‘ymayapti. Shu sababdan Kalvin Fillipsni Qatarda ko‘rish ehtimolimiz ancha past.

"MYU" – Markus Reshford / Jeydon Sancho

Xarri Maguayrni Angliya termasiga kiritmaslik Sautgeyt uchun katta fojia bo‘lishi mumkindir. Ammo "Manchester Yunayted"dagi Reshford/Sancho juftligi haqida bunday demagan bo‘lardik. Oxirgi paytlarda bu hujumchilarning natijalari ancha yaxshilangan. Biroq, bu terma jamoaga kirish uchun yetarli emas deb hisoblanmoqda.

"Tottenxem" – Erik Dayer

"Shporlar"ning Langle va Royal kabi himoyachilari terma jamoalaridagi yig‘inlarga chaqirilmagan edi. Buni tushinish mumkin. Shu bilan bir paytda Erik Dayer Angliyaga chaqiruv oldi. U Sautgeytda yaxshi taassurot qoldirdi. Shu sabab Qatarga borish ehtimoli balandroqqa ko‘tarilgan. Biroq, bir yarim oy ichida hamma narsa bo‘lishi mumkin. Dayerning favqulotda jarohat olishi ko‘p narsani o‘zgartiradi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 14:52, 28.09.2022.
O'qildi: 2643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.