Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya - Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya - Ekvador
20/11 05:00 Argentina - Peru
20/11 05:00 Chili - Venesuela
20/11 05:45 Braziliya - Urugvay

Superliga. "Metallurg" safarda kiritilgan yagona gol evaziga "Qizilqum"ni yengdi

Superliga. "Metallurg" safarda kiritilgan yagona gol evaziga "Qizilqum"ni yengdi

Baho:
+ | -

Superliga 20-turini ochib bergan "Qizilqum" - "Metallurg" uchrashuvi yakuniga yetdi.

Qiziqarli va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan o‘yin taqdiri ikkinchi taymda hal bo‘ldi. 50-daqiqada Pol Komolafe yakkama yakka vaziyatda “Metallurg” darvozasini ishg‘ol eta olmadi. Sen urmasang, senga urishadi, degan ibora shu lahzadayoq isbotini topdi. Qarshi hujumda “Metallurg” sardori Farhod Bekmurodov aylantiruvchi zarbasi bilan Ignatiy Nesterovni dog‘da qoldirmoqchi bo‘ldi. To‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Maydonga qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib ulgurgan Zabixillo O‘rinboyev qiyinchiliksiz olis burchakni nishonga oldi va hisobni ochdi – 0:1.

Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham tezkor, qarama qarshi hujumlar ostida o‘tdi. Maydon egalari vaziyatni o‘nglash uchun bor kuchini hujumga tashladi. Bu esa himoyada bo‘shliqlar paydo bo‘lishiga olib keldi. “Qizilqum”ga nisbatan mehmonlarda gol kiritish imkoniyati ko‘proq bo‘ldi. Ammo hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

Qiziq jihati, birinchi davrada “Qizilqum” Bekobodda so‘nggi soniyalarda kiritilgan gol tufayli mag‘lubiyatdan qutilib qolgandi. Bu safar o‘z uyida navoiyliklar buning uddasidan chiqa olishmadi. Shu tariqa muhim g‘alabani qo‘lga kiritgan “Metallurg” musobaqa jadvalidagi mavqeini mustahkamlab oldi.

Superliga. 20-tur
29 sentyabr, payshanba
"Qizilqum" – "Metallurg" 0:1 (0:0). Navoiy. "Yoshlik" sport majmuasi
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Oybek Kalaxo‘jayev, Akmal G‘iyosov, Sardror Ismatullayev
VAR hakami: Edita Mirobidova
AVAR hakami: Nayim Qosimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Vladimir Nazarov

Gol: Zabihillo O‘rinboyev (Kerim Palich) 50, 0:1

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov (s), 4.Boburbek Yo‘ldoshev, 5. Dilshod Jo‘rayev (21.Orifxo‘ja Abduxoliqov, 80), 7.Sanjar Shoahmedov, 10.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11.Aleksandar Stanislavlevich, 14.Fayzullo Qambarov, 18.Davron Anvarov (43.Pol Komolafe, 46), 25.Azizbek Usmonov (32.Ilhom Kenjayev, 65), 28.SHuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteev
Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 9.Humoyun Abdualimov, 17.Salim Mustafoyev, 23.SHerali Jo‘rayev, 75.Oleg Tolmasov, 87.Alisher Sanoyev

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov, 4.Kerim Palich, 6.Xudoyshukur Sattorov, 9.Zabihillo O‘rinboyev (16.Jasur Xolto‘rayev, 81), 10.Bektemir Abdumannonov (27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 85) 14.Abrorbek Toshqo‘ziyev (19.Ergash Ismoilov, 90+1), 18.Anvar G‘ofurov, 22.SHahzodbek G‘ofurbekov, 80.Farrux Ibrohimov, 97.Muhammadali Aliqulov ( 8.Behruz Shodmonov, 46), 94.Farhod Bekmuratov,

Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 99.Vladimir Vagin,7.Boburbek Farhodov, 25.SHahzodjon Ne’matjonov, 26.Mirkomil Abdurazoqov,

Ogohlantirish: Temurxo‘ja Abduxoliqov ("Qizilqum") 16, Kerim Palich ("Metallurg") 28, Zabihillo O‘rinboyev ("Metallurg") 33, Ignatiy Nesterov ("Qizilqum") 45, Pol Komolafe 73, Oleg Zoteev ("Qizilqum") 82, Anvar G‘ofurov ("Metallurg") 82, Salim Mustafoyev ("Qizilqum") 82, Oleg Zoteev ("Qizilqum") 90+3

Chetlatish: Oleg Zoteev ("Qizilqum") 90+3, Temurxo‘ja Abduxoliqov ("Qizilqum") 90+5

Kiritildi: 20:51, 29.09.2022.
O'qildi: 1762 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.