Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

"Chelsi"da jamoani kuchaytirish uchun yettita nomzod bor

"Chelsi"da jamoani kuchaytirish uchun yettita nomzod bor

Baho:
+ | -

"Chelsi" amerikalik biznesman Todd Byoli qo‘liga o‘tganidan keyin ko‘p narsa o‘zgarishi kutilmoqda. Shunday o‘zgarishlardan biri Tomas Tuxelning ishdan olinishi bo‘ldi. Quyida yangi murabbiy Grem Potterning amalga oshirishi mumkin bo‘lgan yettita xarid haqida gap boradi.

Neymar – "PSJ"

O‘tgan yoz davomida Neymarning "Chelsi"ga o‘tishi bilan bog‘liq xabarlar katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Bunga sabablar yetarli. Negaki, Parij klubida Neymar va Mbappe o‘rtasida kelishmovchilik sodir bo‘lgan. Bu qarama-qarshilikning Mbappe foydasiga hal bo‘lish ehtimoli katta. Aynan shu sabab Neymar "PSJ"dan ketgani ma’qul. U uchun yaxshi manzil esa "Chelsi" bo‘ladi.

Gonsalo Montiyel – "Sevilya"

"Chelsi" yozda o‘ng qanot himoyachisi xarid qilishga urindi. Ha, jamoada Ris Jeymsdek ishonchli vakil bor. Lekin zaxira varianti zarar qilmaydi. Shu sabab "Inter"dan Denzel Dyumfrisni olib kelishga urinildi. Ammo bu ish amalga oshmadi. Potter hali ham bu borada izlanishlarini davom ettirmoqda. "Sevilya" futbolchisi Montiyel allaqachon "Chelsi" radariga tushib ulgurgan. Argentinalik himoyachi "Chelsi"ning 3-5-2 sxemasiga aynan mos tushadi.

Demiral va Pashalich – "Atalanta"

Demiral endigina "Atalanta"da doimiy o‘ynay boshladi. U o‘tgan mavsumni "Yuventus"da ijara asosida o‘tkazgan edi. Turkiyalik himoyachi o‘zini har tarafdan yaxshi ko‘rsata olmoqda. Shu sabab tez orada "Chelsi" tomonidan xarid qilinishi mumkin. Ayni jamoadagi ikkinchi nomzod esa Pashalichdir. Yaqin o‘tmishda "Chelsi"dan ketgan futbolchi, Italiyada porlay oldi. Pashalich 6 yil davomida "aristokratlar" safida edi. 2020 yilda esa "Atalanta"ga sotib yuboriladi. Uning Xorvatiya terma jamoasidagi o‘rni ham mustahkamlangan.

Enso Fernandes – "Benfika"

"Benfika" "Liverpul" hamda "MYU"ni ortda qoldirib, "River Pleyt"dan yozda Fernandesni sotib oldi. 21 yoshli markaziy himoyachi Yevropadagi eng yorqin talantlardan biri hisoblanadi. Shu sabab portugal klubi uni uzoq vaqt saqlab qola olmasligi mumkin. Chunki gigantlarning Argentina terma jamoasi a’zosiga bo‘lgan qiziqishi o‘ta kuchli. Ular ichida "Chelsi" eng asosiy da’vogardir.

Brenden Eronson va Illan Melye – "Lids"

2020 yil "Lids" uchun o‘ta yorqin boshlangan. Jamoa APLda harakat qila boshladi. Ammo u yerda qolish oson emas. O‘z futbolchilarini olib qolish ham. "Chelsi" ayni damda amerikalik yarim himoyachi Eronsonga kuchli qiziqish bilan qaramoqda. Eduar Mendini o‘rnini bosish uchun esa "Lids"ning 22 yoshli darvozaboni Melye tanlanishi kutilmoqda. "Chelsi" ushbu juftlikni keyingi yoz uchun ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ygan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 14:23, 30.09.2022.
O'qildi: 4426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.