Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Top-5 chempionatda o‘zini ko‘rsata olmayotgan osiyolik

Top-5 chempionatda o‘zini ko‘rsata olmayotgan osiyolik

Baho:
+ | -

  "Zenit"da Artyom Dzyuba bilan tandemda o‘ynagan Azmun super to‘purar edi va klub rekordlarini yangilagandi. Misol uchun,Serdar “peterburgliklar” safida dastlabki 50 ta samarali harakati uchun bor-yo‘g‘i 58 ta o‘yin o‘tkazgandi. U Xalkning yutug‘ini ortda qoldirdi - u bu ko‘rsatkichga braziliyalikdan biroz tezroq erishdi. Umuman olganda, eronlik piterliklar safida 104 ta uchrashuvda 62 ta gol urgan. Hujumchi RPL to‘purarlar poygasida g‘olib chiqgan va u Yevropaning kuchli beshligiga tayyor ekanligini isbotlagandek tuyuldi, chunki Sergey Semak bilan qita ligalarida "Lion", "Benfika", "Yuventus" va "Chelsi", pley-offda "Vilyareal" va "Fenerbaxche" darvozasiga gol urdi.

Azmun "Zenit"ni qanday tark etganini hamma eslaydi. Transfer kerak bo‘lgan darajada chiroyli bo‘lmadi. Shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydigan futbolchini tekinga bermaslik uchun Serdar 2,5 mln yevroga (Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra) sotilgan.

Azmunning "Bayer"dagi dastlabki olti oyi omadli o‘tmadi, ammo bu moslashuv sifatida ko‘rilmoqda. 2021/2022 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida hujumchi leverkuzenliklar safida 11 ta o‘yinda qatnashib, atigi 4 marta asosiy tarkibda tushdi.

Eronlik uchun yagona muvaffaqiyatli o‘yin Bundesliganing eng kuchsiz jamoasi - Greyter Fyurt (4:1) bilan o‘yin bo‘ldi. Serdar golga mualliflik qildi va golli uzatmani amalga oshirdi. "Bayer"da o‘tgan mavsumda Germaniya chempionatining ikkinchi to‘purari Patrik Shik ko‘p gol urdi. Azmun faqat Dzyuba bilan bo‘lgani kabi murabbiy Xerardo Seoane ularni juftlikda o‘ynashiga umid qilishi mumkin edi. Azmunning kelishi “Bayer”ga 2022 yilning bahorida kutilmagan foyda keltirdi: to‘satdan argentinalik Lukas Alario jamoadan ketdi, u o‘zining yorqin o‘yinidan so‘ng “Ayntraxt”ga 6 million yevroga sotildi.

Eron terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Qurbon Berdiyev nega Azmun ilk o‘yinlardanoq Bundesligada porlamaganini tushuntirdi:

“Azmun “Bayer”ga o‘tganida unga maslahat berdimmi? Yo‘q. Biz u bilan doimiy aloqadamiz, ammo oxirgi qarorni o‘zi qabul qilgan. Men ham, uning otasi ham unga ta’sir o‘tkazmagan. U bizdan: “Qarorni o‘zim qabul qilishimga ruxsat bering”, deb so‘radi. Garchi uning Angliyaga ketishi tarafdori bo‘lsam ham. Jiddiy variantlar bor edi. U Germaniyadan tramplin sifatida foydalanmoqchi edi. Menimcha, u o‘sha yerda o‘zini ko‘rsata oladi.

Darhaqiqat, Rossiya chempionatidan so‘ng yanada shiddatli Bundesligada o‘ynab ketish oson emas. Bundan tashqari, Azmun "Bayer"ga o‘tishdan oldin ham koronavirus bilan kasallangan edi. Ammo yangi mavsumda Germaniya, Berdiyevning so‘zlariga ko‘ra, "boshqacha tayyorgarlik ko‘rgan", haqiqiy Serdarni - mashina kabi gol urishni ko‘rishi kerak edi.

Biroq Azmunning omadsiz seriyasi 2022/2023 yilgi mavsumda davom etdi. Bundesliganing dastlabki besh turidan so‘ng eronlik futbolchining samarali harakatlari yo‘q. Faqatgina Germaniya kubogi doirasidagi “Elfersberg” bilan o‘yinda (3:4) Serdar ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Lekin bu raqibga ham gol ura olmadi! Bundan tashqari, oltita o‘yinning uchtasida sobiq "Zenit" futbolchisi Shik bilan tandemda harakat qilib, tarkibga kirdi – “Bayer” bu uchrashuvlarning barchasida mag‘lub bo‘ldi.

Instat statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Azmun oltita o‘yinda 11 ta gol urish imkoniyatiga ega bo‘lgan - Bundesliganing 2-turida "Augsburg" bilan faqat bitta o‘yinda eronlik 7 ta golli vaziyatga ega bo‘lgan. U 10 ta zarbadan to‘rttasini aniq yo‘llagan.

Mavsumning boshlanishi "Bayer" uchun juda omadsiz bo‘ldi. Balki Seoan nihoyat bitta markaziy hujumchi bilan o‘yinga o‘tishni xohlaydi va Azmun endi Shikning sherigi emas, balki almashtiruvchisi bo‘ladi. Bu esa Azmunga kamroq o‘yin vaqti beriladi deganidir. “Zenit”dan “Bayer”ga ketishi eronlikning xatosi bo‘lgan ko‘rinadi. Agar Serdar RPLda qolmoqchi bo‘lmasa, u holda asosiy hujumchi sifatida ko‘rilgan va Leverkuzendagidan ko‘ra ko‘proq ishonch bildirilgan "Lion" taklifini qabul qilish ehtimoli ko‘proq edi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:51, 30.09.2022.
O'qildi: 2852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.