Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ayubxon No‘’monov: «Oldimizga qo‘yilgan har bir vazifa muhim»

Ayubxon No‘’monov: «Oldimizga qo‘yilgan har bir vazifa muhim»

Baho:
+ | -

FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan kichik tanaffus Superligadagi qizg‘in kurashlardan toyigan klublarga biroz qo‘l kelgan bo‘lsa, ajabmas.

 Ayniqsa, uchta frontda katta kuch yo‘qotayotgan «So‘g‘diyona»ga. Bilasiz, Jizzax jamoasi chempionatda medallarga da’vo qilishidan tash­qari, mamlakat kubogi hamda OFK kubogida ham yurishini davom ettirmoqda. Oddiy aytganda, oxirgi tur bahslarida Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari harakatida biroz charchoq sezildi, zero, orada ularning har 4 kunda maydonga tushishlariga to‘g‘ri keldi. Xo‘sh, charchoq haqidagi fikr nechog‘li to‘g‘ri? «So‘g‘diyona» yarim himoyachisi Ayubxon No‘’monov bilan suhbatda shu kabi savollarni o‘rtaga tashladik.

- Ayubxon, «So‘g‘diyona» oxirgi o‘yinlarda ketma-ket muhim ochkolarni yo‘qotdi. Jumladan, Superliga 19-turida «Metallurg» mehmoni bo‘lib, ortga mag‘lubiyat bilan qaytdinglar. Aytingchi, shu kuni bekobodliklar chindan ham, sizlardan yaxshiroq o‘ynashdimi yoki...?

- O‘yinni ko‘rgandirsiz, biz ham bir qator yaxshi vaziyatlar yaratdik, faqat ulardan foydalanishda oqsadik. Umuman, maydonda keskin kurash bordi, lekin «Metallurg» qaysidir jabhada yaqqol ustunlikka erishgani yo‘q. Demoqchimanki, g‘alabani bemalol o‘z tomonimizga og‘dirishimiz ham mumkin edi. Barchasini kichik detallar hal qildi. Iloj qancha, futbolda g‘alaba va mag‘lubiyat hamisha yonma-yon. O‘sha kuni omadimiz chopmadi va yakunda mag‘lublikni tan oldik.

- O‘sha o‘yin natijasidan so‘ng ayrim muxlis va mutaxasislar «So‘g‘diyona» chempionlik poygasidan chetga chiqqanini ta’kidlashmoqda. Bunga qo‘shilmasligingiz tayin. Xo‘sh, finishgacha qolgan 7ta turda vaziyatni o‘nglash imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Menimcha, qo‘l siltashga hali erta. Zero, yetakchilar har qadamda ochko yo‘qotayotganlarini ko‘rib turibmiz. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, qolgan o‘yinlarda borimizni beramiz, agar keyingi 3-4ta turda maksimal natija qayd etsak, chempionlik kurashiga ham qaytamiz. Faqat endi ochko yo‘qotmaslik talab etiladi.

- «So‘g‘diyona» uchta frontda kurash olib bormoqda va oxirgi o‘yinlarda klub futbolchilari biroz toliqqandek ko‘rinishdi...

- To‘g‘ri, charchoq yo‘q emas. OFK kubogini ham nazarda tutsak, taqvim juda zich, yana ketma-ket kuchli raqiblarga qarshi o‘ynadik. Lekin buni bahona sifatida ko‘rsatish noto‘g‘ri. Bizda maqsad hamon o‘sha-o‘sha - har bir turnirda eng yuqori natijaga intilamiz.

- Mana, FIFA kunlari tufayli Superligada kichik tanaffus yuzaga keldi. Bu tig‘iz taqvimdan biroz toliqqan «So‘g‘diyona»ga qanchalik qo‘l kelishi mumkin? 

- Ha, ozgina nafas rostlab olishga imkon tug‘ildi. Xohlaysizmi-yo‘q, har 3-4 kunda rasmiy o‘yinda maydonga tushish o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, baribir. Bunday tig‘izlik har qanday futbolchiga og‘irlik qiladi. Ochig‘i, oxirgi vaqtlarda o‘yinlarga tayyorgarlik jarayoni ham qiyin kechayotgandi.

- Demak, «So‘g‘diyona»ning oxirgi turlardagi g‘alabasiz seriyasi charchoq bilan izohlanadi, shundaymi?

- Yuqorida aytdim, charchoq ta’siri yo‘q emas, ammo ayrim uchrashuvlarda bizdan omad ochiqchasiga yuz o‘girgani ham ayni haqiqat.

- Har qachongidan qiziqarli kechayotgan Superligada chempionlik uchun qaysi jamoa imkoniyati ko‘proq, sizningcha?

- Aytish qiyin, deylik, hozir hech kim bitta turdan ke­yin turnir jadvalining kuchli uchligi qanday ko‘rinish olishini aytolmasa kerak. Shunday ekan, qaysidir jamoani chempionlik yo‘lidagi imkoniyatini baland baholash noo‘rin. Bu ketishda oltin medal taqdirini hal etish masalasi oxirgi turga qolsa, ajabmas.

- Joriy mavsum maydonda nisbatan kam vaqt o‘tkaz­yapsiz. Demoqchimizki, hozirgi holatingiz, sizga berilayotgan imkoniyatdan ko‘nglingiz to‘lyaptimi?

- Ha, oldingidan kamroq maydonga tushyapman. Demak, harakatni kuchaytirishim talab etiladi. Kuzatayotgan bo‘lsangiz, bosh murabbiyimiz bu yil rotasiyaga katta e’tibor qaratmoqda - bu taqvim taqozosi, albatta. Qolaversa, jamoada raqobat darajasi ham oshdi. 

- Aslida «So‘g‘diyona»ning zaxira imkoniyati uncha katta emas. Bunday holatda jamoaning uchta turnirda ham bor kuchini ishga solishi qanchalik to‘g‘ri? Bu mavsumning eng muhim pallasida pand bermasmikan...?

- Tushunarliki, bizni oldinda murakkab o‘yinlar kutib turibdi. Muhimi, ishtiyoqimiz baland va nasib etsa, maksimal natijalarga erishamiz. Zaxiramiz uzun bo‘lmasada, unda zarur payt jamoaga yordam bera oladigan futbolchilar bor.

- Jamoaning eng og‘ir o‘yin­laridan biri kubok doi­rasida «Navbahor»ga qarshi bo‘ladi. «So‘g‘diyona»ning Namanganda ijobiy natija qayd etib, finalga chiqish imkoniyati nisbatan past baholanmoqda. Bunga nima deysiz?

- Namanganda muxlislar bilan to‘lgan stadionda o‘ynash hamisha qiyin, shuning barobarida yoqimli ham. Menimcha, o‘yindan oldin har ikki jamoa imkoniyati teng. Ha, raqibda mezbonlik faktori bor, lekin biz ham bo‘sh kelmaymiz. Axir o‘rtaga final yo‘llanmasi qo‘yilgan.

- Sizningcha, «Navbahor» bilan bahsda qaysi futbolchini ko‘proq zararsizlantirish kerak?

- «Navbahor»da jamoaviy o‘yin kuchli, shuningdek, alohida ajralib turgan ijrochilar ham bor. Masalan, Iskanderov va Boltaboyev. Lekin natijaga erishish uchun butun jamoani zararsizlantirish kerak.

- Mana, bu yil xalqaro maydonda to‘p surish baxtiga muyassar bo‘ldingiz. Taassurotlar...

- Tabiiyki, ichki turnirlar va xalqaro musobaqalar o‘rtasida farq bor. Har holda, xalqaro maydonda butun mamlakat nomidan o‘ynaysiz va mas’uliyat shunga yarasha baland. Taassurotlarga kelsak, hammasi zo‘r. Xudo xohlasa, asosiysi hali oldinda. Maqsadimiz - OFK kubogini yutib, futbolimiz tarixiga hissa qo‘shish.

- Turnirdagi bo‘lajak raqib - «Kuala-Lampur»ni o‘rganish ishlari boshlandimi, bu jamoa haqida qanday fikrdasiz?

- Ochig‘i, hozircha «Kuala-Lumpur»ni uncha bilmayman, hali yetarli ma’lumotga ega emasman. Navbatdagi o‘yinimiz AGMK bilan. Shundan keyin bor e’tibor OFK kubogi va Malayziya klubiga qaratiladi.

- «So‘g‘diyona» ilk bor ikki turnir finaliga yaqinlashdi - OFK kubogi va mamlakat kubogi. Birinchisidagi g‘alaba nufuzli kubokni taqdim etsa, ikkinchisi CHLga yo‘l ochadi. Tanlash imkoni berilganida, qay birini ma’qul ko‘rardingiz?

- Avvalo, finalga chiqish kerak. Lekin birini tanlash imkonsiz. Qolaversa, oldimizga qo‘yilgan har bir vazifa muhim.

- «So‘g‘diyona» bilan shart­nomangiz yil yakunida yakunlanar ekan. Kelasi mavsum ham shu jamoada qolasizmi?

- Buni vaqt ko‘rsatadi.

- Sobiq jamoangiz «Nav­bahor» siz o‘ynagan paytlar ham yuqori o‘rinlar uchun kurashardi, ammo yakunda nimadir xalal beraverardi.  Hozir jamoada emassiz, oldingi muvaffaqiyatsizliklar haqida ochiq gapira olasizmi?

- Men o‘ynagan davrda ham jamoa yomon natija ko‘rsatmagan, o‘shanda ham kuchli tarkib yig‘ilgandi. Hozir esa e’tibor yanada kuchaygani yaqqol sezilyapti.

Xurshid YUSUPOV suhbatlashdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:45, 30.09.2022.
O'qildi: 1837 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.