Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Dzyudo: Jahon chempionati oldidan so‘nggi matbuot anjumani o‘tkazildi

Dzyudo: Jahon chempionati oldidan so‘nggi matbuot anjumani o‘tkazildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida dzyudo bo‘yicha 6-13 oktyabr kunlari yurtimiz mezbonligida tashkil etilayotgan 35-jahon chempionatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilov, federasiya bosh kotibi Ulug‘bek Kabulov, rais o‘rinbosari Shokir Mo‘minov, terma jamoalar menejeri Eldor Qahhorov, olimpiya o‘yinlarining uch karra bronza medali sovrindori, ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirov, dzyudo faxriylari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 1 000 000 yevroni tashkil qiluvchi jahon chempionatida sayyoramizning 5 qit’asi 87 davlatidan jami 584 (315 erkak, 269 ayol) nafar dzyudochi 14 ta vazn (7 ta erkaklar, 7 ta ayollar) toifasida medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadilar.

Matbuot anjumanida musobaqaga olib borilayotgan so‘nggi tayyorgarlik ishlari, ishtirokchilar va rasmiylar uchun ajratilgan mehmonxonalarning shayligi, murabbiylar tomonidan e’lon qilingan terma jamoamizning yakuniy tarkibi, ommaviy axborot vositalarining akreditasiya hamda chempionatni yoritish bilan bog‘liq qator dolzarb masalalar yuzasidan axborot berildi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda erkaklar terma jamoamiz Samarqandda, qizlarimiz esa Chirchiq shahrida jahon chempionatiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini o‘tkazishyapti.

Federasiya raisi Azizjon Kamilov yurtimiz tarixida ilk bor tashkil etilayotgan jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etilishida davlatimiz rahbari hamda hukumatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilayotgani, mehmonlar O‘zbekistondan a’lo kayfiyatda qaytishlari uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilayotganini urg‘uladi.

O‘zbek dzyudosi afsonasi Rishod Sobirov faoliyati davomida orttirgan katta tajribasiga tayangan holda o‘z tavsiyalarini berdi. Parij va Tokioda o‘tgan jahon chempionatlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Sobirov bu musobaqa Olimpiadadan ko‘ra kuchliroq bo‘lishini urg‘uladi.

Matbuot anjumani o‘tkazilayotgan bir paytda jahon chempionatining ilk delegasiyasi - Xitoy terma jamoasi poytaxtimizga yetib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Chin yurti vakillari kutib olindi va ular uchun ajratilgan mehmonxonaga joylashtirildi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 10:45, 01.10.2022.
O'qildi: 1284 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.