Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/05 00:00 Real Madrid 0-0 Betis
26/05 17:00 Xetafe 1-2 Malyorka
26/05 19:00 Neftchi 1-0 OKMK
26/05 19:15 Selta 2-2 Valensiya
26/05 19:15 Las-Palmas 1-1 Alaves
26/05 19:30 So‘g‘diyona 4-0 Bunyodkor
26/05 21:00 Atalanta 3-0 Torino
26/05 21:00 Napoli 0-0 Lechche
26/05 23:45 Verona - Inter
26/05 23:45 Empoli - Roma
26/05 23:45 Frozinone - Udineze
26/05 23:45 Lasio - Sassuolo
27/05 00:00 Sevilya - Barselona

Superliga. "Surxon" Yaypanda superkambek amalga oshirdi

Superliga. "Surxon" Yaypanda superkambek amalga oshirdi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Coca Cola superligasida 20-tur o‘yinlari davom ettirildi. Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida “Qo‘qon-1912” jamoasi Termizning “Surxon” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv shiddatli hamda murosasiz kurashlarga boy tarzda kechdi. Bu o‘yin turnir jadvalida yonma-yon turgan jamoalar o‘rtasidagi o‘yin bo‘lganligi sababli olti ochkolik bahs deb ta’riflandi.

“Qo‘qon-1912” futbolchilari o‘yinni juda yuqori kayfiyatda boshlashdi. Dastlabki daqiqada Oybek Rustamovning bosh bilan bergan zarbasini darvoza to‘sini qaytardi. Biroz o‘tib Shohnazar Norbekov raqib posbonining hushyorligini tekshirib ko‘rdi. Uning aniq zarbasidan so‘ng, mehmonlarning Qo‘qonlik posboni Azizxon Isaqov to‘pni ushlab oldi. O‘yinning 18-daqiqasida mehmon himoyachilar Shohnazar Norbekovni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Belgilangan jarima zarbasini esa “standart vaziyatlar qiroli” bo‘lgan Murod Xolmuhammedov qoyilmaqom tarzda ijro etib o‘yindagi hisobni ochdi. Goldan ruhlangan mezbonlar keyingi daqiqalarda ham raqib darvozasi oldida katta bosimni yuzaga keltirishdi. 1-taymning so‘nggi daqiqalari o‘tib borayotgan pallada Shixov-Merzlyakov-Azimov kombinasiyasi juda chiroyli bo‘ldi. Azimovga gol kiritish uchun biroz omad yetishmadi. Shunday qilib 1-bo‘lim 1-0 hisobidagi “shunqorlar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Qo‘qonliklar o‘yinning 2-bo‘limini bir nafar o‘zgarish bilan boshladi. Andrey Sidorovning o‘rniga maydonga Dilshod Rahmatullayev tushirildi. 50-daqiqada Norbekov raqib jarima maydonchasi ichiga kirib sheriklariga uzatmani amalga oshirdi. Bu vaziyatda Serxio Rodriges to‘pni qo‘li bilan to‘sib qoldi. Hakam hech ikkilanmay penalti belgiladi. Shohnazar Norbekov o‘zi ishlagan penaltini o‘zi aniq amalga oshirdi. 60-daqiqada Muzaffar "Qo‘qon-1912"ni yaqqol goldan asrab qoldi. 71-daqiqada Bilolxon Toshmirzayevning uzatmasidan so‘ng Dilshod Rahmatullayev darvoza tomon aniq zarba yo‘lladi. Darvozabon qiyinchilik bilan to‘pni ushlab oldi. 74-daqiqada "Surxon" a’zosi Islomjon Toshpo‘latov o‘zining fantastik zarbasi evaziga chamasi 40-45 metrlardan gol urdi. O‘yinning 80-daqiqasida himoyadagi xatolikdan foydalangan Murod Bobojonov hisobni tenglashtirdi. 88-daqiqada qarshi hujumda Yosovichdan o‘tib ketgan Ruben Perez termizliklarning 3-golini kiritdi.

QO‘QON-1912 – SURXON 2-3
Yaypan sh. "O‘zbekiston" stadioni. 3 oktyabr, soat 18:30.

Gollar: Murod Xolmuhammedov (18), Shohnazar Norbekov (51pen) - Islomjon Toshpo‘latov (74), Murod Bobojonov (80), Ruben Perez(88)

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov, Jaloliddin Husniddinov
VAR hakami: Rahimbek Karimov
AVAR hakami: Ziyodulla Abdurahmonov
Nazoratchi: Temur Abdullayev
Komissar: Qudrat Madraimov

"Qo‘qon-1912" tarkibi: 1.Muzaffar Abdullayev, 7.Jamshid Xasanov, 8.San’at Shixov, 9.Andrey Sidorov, 11.SHohnazar Norbekov, 13.Sardor Azimov, 15. Oybek Rustamov, 17.Quvondiq Ro‘ziyev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich,77.Murod Xolmuhammedov (s)

Zaxirada: 21.Islom Abdullayev, 4.Ilxom Vahobov, 5.Slavko Lukich,6.Dilshod Rahmatullayev ,14.Avazxon Mamatxo‘jayev,20. Murodjon Komilov, 22. Sardor Yetovqo‘ziyev, 27. Anvar Xojimirzayev, 70.Bilolxon Toshmirzayev.

“Surxon” tarkibi: 21.Azizxon Isaqov, 2.Zoir Jo‘raboyev, 3.Boburjon Akbarov, 4.Javohir Sohibov, 5.Serxio Rodriges, 7.Islomjon Toshpo‘latov, 10.Murodjon Bobojonov, 14. Ruben Sanches, 19.Nuriddin Xasanov, 23. Abdul Aziz Yusupov, 33.Tohirjon Shamsitdinov.

Zaxirada: 1. Azamat Ahmedov, 6.Jahongir Ahmadov, 11. Luis Migel, 20.Iqboljon Malikjonov, 26. Ulug‘bek Abdullayev, 31. Asilbek Temirov, 55. Sharofiddin Shobirov, 66.Behruz Shaydulov, 99.Komron Saidazimov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:40, 03.10.2022.
O'qildi: 3044 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.