Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Prevyu. «Metallurg» – «Bunyodkor»

Prevyu. «Metallurg» – «Bunyodkor»

Baho:
+ | -

Mamlakat milliy chempionatining 21-turbda "Metallurg" o‘z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 7 oktyabr kuni soat 18:30 da “Metallurg” markaziy stadionida boshlanadi.

Mazkur jamoalar shu kunga qadar o‘zaro 33 marotaba kuch sinashishgan. “Qaldirg‘ochlar” 24 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. 4 ta o‘yinda “Metallurg” zafar quchgan. 5 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati: 62:26.

Bu yilgi mavsumning birinchi davrasida “Metallurg” Toshkentda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 17-daqiqada Umarali Rahmonaliyev kiritgan golga bekobodliklardan 67-daqiqada Damir Temirov aniq zarbasi bilan javob qaytardi.

Bekobodda o‘tgan so‘nggi oltita uchrashuv:
 
16.03.2021. «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:0
20.11.2020. «Metallurg» - «Bunyodkor» 2:3
25.05.2019. «Metallurg» - «Bunyodkor» 0:2
20.10.2018. «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:0
19.07.2018. «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:1
14.10.2017. «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:1

“Bunyodkor” haqida

“Bunyodkor” mamlakatimizning yosh jamoalaridan biri. Klubga asos solinganiga endigina 17 yil bo‘ldi. Ammo qisqa fursatda jamoa o‘zining shonli tarixini yaratdi. Bir yil ichida birinchi ligadan oliy ligaga yo‘l oldi. Kuchlilar safida esa doimiy ravishda yetakchilar qatoridan o‘rin egallab kelayapti. 2007 yildan elitada o‘ynayotgan “qaldirg‘ochlar” besh marta O‘zbekiston chempioni, ikki marta vise-chempion, ikki marta bronza medali sovrindori, to‘rt marta O‘zbekiston kubogi sohibi va besh karra finalchisi, O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi. 2008 yildan Osiyo chempionlari ligasida yurtimiz sharafini himoya etib kelayotgan “Bunyodkor” ikki marta qit’aning mazkur nufuzli turnirida yarim finalgacha yetib bordi (2008, 2012 yillar). Oliy ligadagi eng past ko‘rsatkichi to‘rtinchi o‘rin bo‘lgan (2014-2015, 2017 yillar).

“Bunyodkor”ning uy stadioni mamlakatimizning eng muhtasham futbol majmuasi sanaladi. 2012 yilning 28 sentyabr sanasida qurib, foydalanishga topshirilgan,  “Bunyodkor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi uy stadioni hisoblanuvchi maskan o‘z bag‘riga 34000 tomoshabinni sig‘diradi.

“Bunyodkor” bugungacha oliy liga bahslarida 440 ta uchrashuv o‘tkazgan. Shulardan 274 tasida g‘alaba qozongan, 91 tasida durang o‘ynagan, 75 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 792:344. Jamoaning oliy ligadagi eng yirik hisobli g‘alabasi – 7:0 (“Sho‘rtan”, 2008 yil), eng yirik mag‘lubiyati – 0:5 (“Paxtakor”, 2020 yil).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:36, 06.10.2022.
O'qildi: 1551 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик