Bugun poytaxtimizdagi muhtasham «Humo Arena» saroyida otkazilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar ortasidagi 35-jahon chempionatining ikkinchi kuni.
Umumiy mukofot jamg‘armasi bir million yevroni tashkil qiluvchi dunyo birinchiligining ikkinchi kuni -52 (ayollar) hamda -66 kg vazn toifalarida golib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.
Bugungi bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Diyora Keldiyorova, Sita Kadambayeva (-52 kg) va Sardor Nurillayev (-66 kg) medallar hamda qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi.
Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijasi:
-52 kg: Diyora Keldiyorova - Sumiya Iraoui (Marokash)
-52 kg: Sita Kadambayeva - Yoana Diogo (Portugaliya)
-66 kg: Sardor Nurillayev - Bogdan Yadov (Ukraina)