Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Ovoz tufayli operasiya...

Ovoz tufayli operasiya...

Baho:
+ | -

«Lion»ga qaytgan Aleksandr Lakazett birdaniga katta tezlik oldi.

 Har holda, Liga 1ning 8ta o‘yinida 4ta gol - bu 31 yoshli faxriy uchun chakki statistika emas. Biroq «Lion»ning yangi sardori samaradorlik barobarida ko‘zda tutilmagan noodatiy muammoga ham yo‘liqdi.

Aleksandr Lakazett «Monako»ga qarshi o‘yindan so‘ng jurnalistlar oldiga chiqdi va savollarga o‘ta bo‘g‘iq ovozda javob berdi. Oqibatda futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda kalaka ostida qoldi. Endi Aleksni ovozi tufayli Mikki Mausga qiyoslamoqdalar va undan imkon boricha tez-tez intervyu berishini so‘ramoqdalar. Lekin bo‘g‘iq ovozning sababi jiddiy va bu umuman kulgili holat emas. Lakazettda ovoz paychalari polipi bor. U shu tufayli FIFA kunlaridagi tanaffus vaqti jarrohlik stoliga yotadi. Aslida Lakazett bir necha oydan buyon odatiy ovoz chiqarolmay, qiynalayotgan ekan. Aytishlaricha, fransiyalik futbolchi mavsumning eng muhim pallasida yangi jamoasini murakkab ahvolda qoldirishni istamay, operasiyani sentyabr oyi oxiriga qoldirgan.

Polip nima? Bu bir yoki ikkala ovoz paychasining ustida rivojlanadigan xavfsiz o‘simta. Ushbu xastalikning aniq sabablari noma’lum, ammo shifokorlarning taxminlariga ko‘ra, bunga ko‘pincha chekish yoki ovoz to‘qimalarini haddan tashqari zo‘riqtirish sabab bo‘lishi mumkin. Xastalik belgilari ham oddiy - xirillash, yo‘talish, shuningdek, ovozning o‘zgarishi yoki bo‘g‘ilish. Polip - qo‘shni to‘qimalardan ajratib turadigan aniq qirrali qizil shakl. Ovoz to‘qimalarini davolashning bir necha usullari mavjud - jarrohlik, oddiy terapiya. Lakazett holatida esa birinchi variant zarur. E’tiborlisi, operasiyadan keyin bir necha kun davomida gapirmaslik talab etiladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:44, 07.10.2022.
O'qildi: 1367 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик