Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon - Falastin
14/11 21:15 Iroq - Iordaniya
14/11 21:15 Qatar - O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA - Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Chelsi"ga o‘tishdan oldin, 10 soatdan ko‘proq vaqt davomida Fofananing jarohatga moyilligi tekshirildi, ammo...

"Chelsi"ga o‘tishdan oldin, 10 soatdan ko‘proq vaqt davomida Fofananing jarohatga moyilligi tekshirildi, ammo...

Baho:
+ | -

"Vulverxempton"ga qarshi (3:0) APL o‘yinidan oldin "Chelsi" himoya markazida kadrlar bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. 21 yoshli himoyachi Uesli Fofana Chempionlar ligasi doirasida "Milan"ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida jarohat olib, maydonni yig‘lab tark etdi.

“Fofananing jarohati bu oqshomni xafa qilgan yagona lahzadir. O‘yinning ertasigayoq uning o‘zini qanday his qilayotgani va bu qanchalik jiddiy ekanini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazishimiz kerak. U yosh va kuchli yigit, biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz”, dedi Grem Potter o‘yindan keyin.

Fofana "Sent-Etyen" va "Lester" tarkibida o‘ynab yurgan vaqtlarida ham jiddiy jarohatlar bilan kurashgan.

Uesli faoliyati boshidan beri jarohatlardan aziyat chekmoqda. Fransiyaning "Sent-Etyen" tarkibida o‘yinab yurgan vaqtlarda u tizzasidan ikki marta davolandi. Shu sababli, 2019 yilda u 75 kun va 12 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Keyin "Lester" bilan ham bir xil muammolar yuzaga keldi. 2020/21 yilgi mavsumda Fofana ikki marta tizzasi bilan va yana bir marta son mushaklari shikastlangan holda lazaretda vaqt o‘tkazdi. Natija - 44 kun futbolsiz (9 ta o‘yin).

Ammo Uesli 2021/22 yilgi mavsum boshlanishidan oldin eng og‘ir jarohatini oldi. Deyarli butun mavsum jarohat sabab boy berildi: avgust oyi boshida "Vilyarreal" bilan o‘yinda hujumchi Fer Ninyo Fofana bilan to‘qnashib ketdi va natijada himoyachini zambilda maydondan olib ketishdi. Qo‘pollik uchun Ninyoga faqat sariq kartochka berildi - o‘sha bahsda u gol urdi. Uchrashuv 3:2 hisobida yakunlandi.

Ueslining jarohatidan so‘ng "tulkilar" bosh murabbiyi Brendan Rojers himoyada jiddiy muammolarga duch keldi. Shundan so‘ng, Fofana 224 (!) kundan so‘ng maydonga qaytdi - va shu zahotiyoq "Renn"ga qarshi Konferensiyalar ligasi o‘yinida gol urdi. Himoyachi Lukmanning uzatmasidan keyin boshi bilan zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi. Fofana goldan so‘nsh darhol Rojersning oldiga yugurdi - murabbiy har doim yigitni qo‘llab-quvvatlagan.

“U endigina maydonga chiqdi va gol urdi. Men bu temir yigitga qoyil qolaman”, - deydi “Lester”ning sobiq futbolchisi Ivan Roberts.

"Chelsi"ga o‘tishdan oldin UYEsli Nyu-Yorkda tekshiruvdan o‘tkazildi. Barcha ko‘riklarga 10 soatdan ko‘proq vaqt ketdi.

Hatto shunday ta’sirli jarohatlar tarixi ham unga "Chelsi"ga o‘tishga imkon berdi: ular uni "Lester"dan 75 million funtga (bonuslar bilan birga) sotib olishdi - bu himoyachi uchun rekord miqdor. Fofananing o‘zi "Chelsi"ga transferi uchun 10 soatdan ko‘proq vaqt davomida tibbiy ko‘rikdan o‘tganini tasdiqlagan.

“Men buni Londonda bo‘ladi deb o‘yladim, keyin esa Nyu-Yorkda o‘tkazilishini bildim. Bu shoshilinch tashrif edi, lekin men klinikada juda ko‘p vaqt o‘tkazdim. Ular mening to‘pig‘imni tekshirishdi. Hammasi tahlil qilindi - hatto tananing men gapira olmaydigan qismlari ham. Jarohatimdan qanday qutulganimni ko‘rish uchun hamma narsa qilindi.

Bu 10 soatdan ortiq davom etdi. Menga sarflangan pul miqdorini hisobga olsak, bu normal holat. Todd (Bouli) va Bedxad (Egbali) ("Chelsi" egalari) ajoyib. Ular meni Londonda ham, Nyu-Yorkda ham oila a’zosi sifatida kutib olishdi. Men hech qachon Nyu-Yorkda bo‘lmaganman, lekin taksidagi muomilani ko‘rib, men bu yerga albatta qaytaman, dedim”, - dedi Fofana.

Hozirda Uesli yana jarohat olgan, ammo endi 7 oyga emas.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 19:28, 11.10.2022.
O'qildi: 3247 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.